https://oz.sputniknews.uz/20221207/prezident-konstitutsiya-kuni-arafasida-402-mahkumni-afv-etdi-30570641.html
Prezident Konstitutsiya kuni arafasida 402 mahkumni afv etdi
Prezident Konstitutsiya kuni arafasida 402 mahkumni afv etdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tarixida ilk bor 400 dan ziyod mahkum afv etildi. Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 63 nafarini... 07.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-07T20:59+0500
2022-12-07T20:59+0500
2022-12-07T21:05+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
konstitutsiya
afv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1333/18/13331886_0:160:3073:1889_1920x0_80_0_0_e86c2828c7bdfac691ff6fbe3e1acd6d.jpg
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.Afv etilgan shaxslarning 128 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 201 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 15 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, bir so‘z bilan aytganda 223 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda, 121 nafar shaxs probatsiya organlari nazoratidan chiqarilmoqda. Shuningdek, 58 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 63 nafarini ayol hamda 19 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi."Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish, olijanoblik va mehr-muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu fazilatlarning namoyon bo‘lganligining amaliy ifodasidir", - deyiladi hujjatda.Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1333/18/13331886_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_58a36879ca2dbd9c72af06897593f924.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, konstitutsiya, afv
siyosat, shavkat mirziyoyev, konstitutsiya, afv
Prezident Konstitutsiya kuni arafasida 402 mahkumni afv etdi
20:59 07.12.2022 (yangilandi: 21:05 07.12.2022) O‘zbekiston tarixida ilk bor 400 dan ziyod mahkum afv etildi. Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 63 nafarini ayol hamda 19 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni
imzoladi. Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 402 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 128 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 201 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 15 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, bir so‘z bilan aytganda 223 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda, 121 nafar shaxs probatsiya organlari nazoratidan chiqarilmoqda. Shuningdek, 58 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.
Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 63 nafarini ayol hamda 19 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
"Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish, olijanoblik va mehr-muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu fazilatlarning namoyon bo‘lganligining amaliy ifodasidir", - deyiladi hujjatda.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.