O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar qiymati yuz million dollardan oshdi

© unsplash.com/ThisisEngineering RAEngJenshina-injener-ximik razrabativayet ekologicheski chistie resheniya dlya xraneniya energii
Jenshina-injener-ximik razrabativayet ekologicheski chistie resheniya dlya xraneniya energii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlik bo‘yicha davlatlararo kengashining 31-majlisida ishtirok etdi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekistonda umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlik bo‘yicha davlatlararo kengashining 31-majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda MDHga a’zo davlatlar: Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi va Fanlar akademiyalarining Xalqaro uyushmasi vakillari ishtirok etdi.
Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar:
Kengashga a’zo MDH mamlakatlarida ilmiy-texnik, texnologik va innovatsion sohalarda olib borilgan ishlar holati;
MDHga a’zo davlatlarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan innovatsion hamkorlik Davlatlararo dasturini amalga oshirish doirasida texnologik tanlovlar o‘tkazish tartibi loyihasini tayyorlash;
MDHga a’zo mamlakatlarning ilmiy-texnikaviy va texnologik hamkorligi konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.
Qayd etilishicha, ayni paytda O‘zbekistonda akademik, oliy o‘quv yurti va sanoat profilidagi muassasalarning 300dan ziyodi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Ularda 40 mingga yaqin olim mehnat qilmoqda.
Xorijlik hamkorlar bilan 100 dan ortiq qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Qo‘shma ilmiy loyihalar Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Rossiya, Belarus, Germaniya, Turkiya, Vengriya kabi davlatlar bilan amalga oshirilmoqda.
“Hozirda umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ilmiy va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. 300 dan ortiq ishlanmalar asosida umumiy qiymati 15 million dollardan ortiq ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarildi”, deyiladi xabarda.
Ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlik bo‘yicha davlatlararo kengashining navbatdagi 32-yig‘ilishi 2023-yilning aprel oyida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0