Orban Yevropani Kiyevni o‘ylamasdan qo‘llab-quvvatlash oqibatlaridan ogohlantirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishViktor Orban, arxivnoe foto
Viktor Orban, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
Viktor Orbanning aytishicha, Yevropa Ittifoqining kelajagi Ukraina tufayli katta qarzlar ustiga qurilmasligi kerak
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Ukrainani beparvolik bilan qo‘llab-quvvatlasa, qarzga botib qolishi mumkin. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Twitter’da yozib qoldirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Shu bilan birga, u Budapesht Kiyevga 18 milliard yevro miqdoridagi transhga veto qo‘ygani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
“Bu noto‘g‘ri ma’lumot. Vengriya ikki tomonlama asosda Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor. Hech qanday veto, shantaj yo‘q”, - degan Orban.
Bosh vazir bu muammoni qarzni oshirish orqali hal qilish g‘oyasini ham tanqid qildi.

“Agar biz qarz jamiyati yo‘lida davom etsak, ortga qayta olmay qolamiz”, - deya ogohlantirgan u Yevropa yetakchilarini.

Siyosatchining fikricha, Yevropa uchun kuchli kelajak “katta qarzlar to‘plami”da emas, balki kuchli a’zo davlatlarda qurilishi kerak.
Avvalroq Ukrainaga yordam berish uchun umumiy qarz g‘oyasi Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto tomonidan ham tanqid qilingan edi. U, shuningdek, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga veto qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi va Budapesht ikki tomonlama asosda mablag‘ ajratganini ta’kidladi.
Yevropa Komissiyasi 9-noyabr kuni Ukrainaga kelgusi yil uchun 18 milliard yevrogacha bo‘lgan miqdorda makromoliyaviy kreditning yangi paketini taklif qildi. Keyin YeK birinchi mablag‘larni yanvar oyidayoq o‘tkazishni reja qilganini ta’kidladi. Biroq, ushbu makromoliyaviy yordamdan pul ajratish uning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullanishini talab qildi.
Yangiliklar lentasi
0