Notarial harakatlar uchun davlat bojlarining turi kamaytiriladi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev notarial jarayonlarda aholiga qulayliklarni oshirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat bojlarining stavkalari optimallashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan notarial jarayonlarda aholiga qulayliklarni oshirishga oid taqdimotda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda notariuslarda davlat boji stavkalari juda ko‘p toifalarga ajratilgani sababli ularni hisoblashda noqulayliklar tug‘ilmoqda. Xususan, avtomototransport vositalari bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlash uchun davlat boji 12 ta, ko‘chmas mulk, garov, ipoteka va lizing shartnomalari bo‘yicha 6 ta toifaga bo‘lingan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Shavkat Mirziyoyev
Shu bois davlat rahbari notarial harakatlar tizimini soddalashtirish va aholiga qulayliklarni oshirish vazifasini qo‘ygan edi. Shunga asosan, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat bojlarining stavkalari optimallashtirilmoqda.

Ko‘chmas mulk bo‘yicha oldi-sotdi

Hozirda davlat boji stavkalarini hisoblashda uy-joyning maydoniga, avtomototransport vositalarining dvigatel quvvati va ishlab chiqarilgan yiliga qaraladi. Endi bu boradagi toifalar qisqartirilib, stavkalar birxillashtirilmoqda, ayrimlari kamaytirilmoqda.
Jumladan, ko‘chmas mulk bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlash uchun davlat boji, uning maydonidan qat’i nazar, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, boshqa joylarda 0,5 baravari miqdorida, eng past stavkada belgilanmoqda.
Garov, ipoteka, lizing va qarz shartnomalarini notarial tasdiqlaganlik uchun tabaqalashgan bojlar birxillashtirilib, yagona stavka o‘rnatilmoqda.

Avtotransport oldi-sotdisi

Avtotransport oldi-sotdisini notarial tasdiqlashda, dvigatel quvvati va ishlab chiqarilgan yilidan qat’i nazar, bir xil stavkada – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida boj undirilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, mol-mulkni ijaraga berish yoki undan tekin foydalanish, avtomototransport bo‘yicha ishonchnoma berish kabi kelishuvlarni notarial tasdiqlash uchun boj miqdori kamaytirilmoqda. Fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga nisbatan merosxo‘rga guvohnoma berish uchun davlat boji bekor qilinmoqda.
Mazkur qonunning qabul qilinishi notarial jarayonlarni osonlashtirishga, turli noaniqlik, nizo va korrupsiya holatlarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Yiliga 100 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ aholi ixtiyorida qoladi.
Yangiliklar lentasi
0