Maxsus operatsiya: 6-dekabrning asosiy xabarlari
16:36 07.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023)
© Sputnik / Aleksandr Melnikov / Mediabankka o‘tishPodgotovka mobilizovannix dlya otpravki v zonu spetsoperatsii
© Sputnik / Aleksandr Melnikov
/ Obuna bo‘lish
G‘arb va ichki ta’minoti tobora qashshoqlashib borayotgan Ukraina Qurolli kuchlarining hujumlari soni ham keskin kamaymoqda, Rossiya harbiylari esa bir necha yo‘nalishlarda oldinga siljimoqda.
TOShKENT, 7dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan maxsus operatsiyaning eng muhim xabarlari.
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:
Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv tizimi, mudofaa kompleksi obyektlari va tegishli energetika obyektlariga havo va dengiz kuchlari tomonidan uzoq masofadan turib yuqori aniqlkdagi zarbalar berishda davom etdi. Belgilangan barcha nishonlar ishg‘ol qilindi. Zarbalar natijasida Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalarida qurol ishlab chiqarish va ta’mirlash to‘xtatildi.
Shuningdek Ukraina Qurolli Kuchlari uchun harbiy texnika, jumladan chet eldan olib kelinayotgan harbiy ta’minot zanjiri, jumladan temiryo‘l transporti orqali olib kelinayotgan yordam uzildi.
Shuningdek Ukraina Qurolli Kuchlari uchun harbiy texnika, jumladan chet eldan olib kelinayotgan harbiy ta’minot zanjiri, jumladan temiryo‘l transporti orqali olib kelinayotgan yordam uzildi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida rus qo‘shinlari hujumkor operatsiyasi natijasida yangi pozitsiyalarni egalladilar, 80 dan ortiq ukrainalik harbiylari, ikkita tank, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita pikap yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida, LXRning Kuzemovka aholi punkti yaqinida UQKning to‘plangan hududlariga artilleriya zarbalari berilishi natijasida 65 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita BMP va bitta pikap yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida rus qo‘shinlarining hujumga o‘tdi. DXRning Spornoe, Kurdumovka va Mariinka aholi punktlari hududlarida qarshi hujumlar qaytarildi, 60 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi va beshta zirhli jangovar mashina yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida dushman DXRning Vladimirovka va Zaporoje viloyatining Novodarovka aholi punktlari hududlarida yo‘qolgan pozitsiyasini tiklashga urindi. Dushman hujumlari samolyotlari va artilleriya yordamida to‘xtatildi va u dastlabki pozitsiyalariga qaytarildi. UQK yo‘qotishlari 30 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita BMP va uchta transport vositasini tashkil etdi.
Rossiya QK aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya kuchlari Xarkov viloyatining Kupansk, Zaporojye viloyatining Stepnoe, DXRning Kramatorsk va Artemovsk aholi punktlari hududlarida UQKning 4ta qo‘mondonlik punktlarini mag‘lub etdi. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli Kuchlarining 83 ta artilleriya bo‘linmasi 176 ta o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berildi.
Xarkov viloyatining Ilichovka aholi punkti hududida chet ellik yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish nuqtasiga zarba berildi.
DXRning Andreyevka aholi punkti hududida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasining radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyatining Gulyaipole, Stepne va Primorskoe aholi punktlari hududlarida uchta raketa-artilleriya qurollari va o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Donetsk Xalq Respublikasining Yasenovoe qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Kun davomida Xarkov viloyati Olxovatka, LXRning Jitlovka, Stelmaxovka hamda Zaporojye viloyatining Vasilevka va Sladkoe aholi punktlari hududlarida havo hujumidan mudofaa tizimlari oltita uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qildi.
Bundan tashqari, LXRning Komissarovka, Xerson viloyatining Bogdanovka, Zaporojye viloyatidagi Tokmak va Melitopol aholi punktlari hududlarida HIMARS va "Uragan" ko‘p raketali tizimlarining 15 ta raketasi tutib olindi. Xerson viloyatining Morozovka qishlog‘i yaqinida Amerikaning ikkita HARM radarga qarshi raketalari urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan Ukraina Qurolli kuchlarining jamo yo‘qotishlari 340 ta samolyot, 180 vertolot, 2634 ta uchuvchisiz uchish apparati, 391 ta zenit-raketa tizimi, 7010 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 910 ta ko‘p martalik raketa tizimlari, 3662 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7484 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.