Birja savdolariga import uchun Qozog‘istonda yetishtirilgan kartoshka qo‘yildi

© Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatikartoshka urug‘ligi zaxirasi yaratilmoqda
kartoshka urug‘ligi zaxirasi yaratilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning sotuvchi korxonasi tomonidan O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida 20 tonnali lot bilan ikkita shartnoma ochilgan.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Qozog‘istonda yetishtirilgan juvel (Juwel) navli kartoshka O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining ochiq ichki birja savdolariga qo‘yila boshlandi.
Qishloq xo‘jaligi mahsuloti "DEN" qo‘shma korxonasi Olmaota shahrida joylashgan birjaning xorijiy savdo maydonchasi orqali birja savdolariga qo‘ymoqda.
Sotuvchi korxona tomonidan birjada 20 tonnalilot bilan ikkita shartnoma ochilgan. Mahsulotni yetkazib berish shartlari – FCA Qozog‘iston, Oqmola viloyati, Arshali tumani, Konstantinovka stansiyasi (omborxonadan olib ketish) va DAP Toshkent shahridagi omborxona.
Birja savdolarida ishtirok etish uchun birjada onlayn akkreditatsiyadan o‘tish va birjaning brokeri bilan shartnoma tuzish lozim.
Ma’lumot uchun, "DEN" qo‘shma korxonasi 1993-yilda Qozog‘istonda tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchisi va eksportori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Olmaota shahrida O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining Qozog‘istondagi vakolatxonasining ochilgan edi. Vakolatxonaning ochilishi birja savdosining bozor mexanizmi imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilarning ikki qardosh davlatning tovar bozorlariga o‘zaro kirishini osonlashtirishga qaratilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 16 ta davlatdan qiymati 65,9 mln dollarga teng bo‘lgan 404,1 ming tonna kartoshka import qilgan. Unga ko‘ra, Pokistondan 258,2 ming tonna, Qozog‘istondan 96,3 ming tonna, Rossiyadan 15 ming tonna kartoshka olib kelingan.
Yangiliklar lentasi
0