Farg‘ona vodiysidagi "gaz zapravka"lar faoliyati to‘xtatildi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishZapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii, arxivnoe foto
Zapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
Aholi, ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ortgani bois cheklov o‘rnatildi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Bugun, 7-dekabrdan boshlab Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati noma’lum muddatga to‘xtatildi. Bu haqda “O‘ztransgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ob-havo sovib ketishi tufayli aholi, ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ortgani bois ularga tabiiy gaz yetkazib berish dolzarb hisoblanadi.
“Shuni inobatga olib, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari bugun, 7-dekabr kuni soat 11:00 dan vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatdi”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Ma’lum qilinishicha, vaziyat izga tushgach, odatiy ish faoliyatiga qaytiladi. Kompaniya keltirilgan vaqtincha noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0