Davlat xizmatiga olingan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishi mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
Davlat xizmatiga qabul qilingan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishning huquqiy asoslari yaratilmoqda
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Tadbirkor davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinganidan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibini belgilab beruvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi.
Loyihada quyidagilar belgilanmoqda:
davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zining biznesi mavjudligi haqida vakolatli organlarni xabardor qiladi va tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turishning shakllaridan birini tanlaydi;
davlat fuqarolik xizmatchisiga o‘zining mehnat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majburiyat yuklatiladi;
tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish holati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan monitoring qilib boriladi;
o‘zining biznesi mavjudligi faktini yashirganlik holatlari aniqlanganda, davlat fuqarolik xizmatchisiga 10 kun muddat beriladi va xizmatchi ushbu muddat ichida tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatadi yoki davlat xizmatidagi faoliyatini yakunlaydi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turishning quyidagi shakllaridan birini tanlaydi:
agar davlat fuqarolik xizmatchisi xususiy korxona mulkdori bo‘lsa, korxonadagi rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash, ya’ni korxonani vaqtincha boshqaruvga berish bo‘yicha qaror chiqarish;
mol-mulkni ishonchli boshqaruvga topshirish;
tadbirkorlik faoliyati subyektining muassislari (ishtirokchilari) tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish.
Fuqarolik qonunchiligiga asosan ishonchli boshqarish obyektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, ko‘chmas mulkka mansub bo‘lgan alohida obyektlar, qimmatli qog‘ozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, davlat xizmatiga kirganda o‘z biznesini ishonchli boshqaruvga berish amaliyoti ko‘pchilik xorijiy davlatlarda (Qozog‘iston, Gruziya, Rossiya Federatsiyasi, Kanada, Janubiy Koreya) yo‘lga qo‘yilgan.
Davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zi ishlaydigan davlat organining nazorat ostidagi tashkilot ulushlariga egalik qilayotgan bo‘lsa, mol-mulkni ishonchli (vaqtincha) boshqaruvga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hollarda xizmatchi ularni realizatsiya qilishi yoki davlat xizmatidan ketishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0