BRIKSga a’zolik uchun davlatlar navbatda turibdi – Lavrov

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vazirining aytishicha, BRIKS 15-17 davlatni birlashtirgan tashkilotga aylanishi mumkin.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. BRIKSga a’zolikka bo‘lgan barcha arizalar qanoatlantirilsa, u 15-17 davlatdan iborat birlashmaga aylanishi mumkin. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Primakov o‘qishlari”dagi chiqishida aytib o‘tdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Va bu format (RIC – Rossiya, Hindiston va Xitoy – tahr.) “beshlik” BRIKS hayoti uchun yo‘llanma berdi, hozirda unga katta e’tibor qaratilmoqda va bir qator davlatlar to‘liq a’zolik da’vosi bilan navbatga turmoqda. Agar hamma qanoatlansa, “beshlik” taxminan 15-17 davlatga aylanadi”, - deydi Lavrov.

BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiradi. Iqtisodiy blokka bir qator boshqa davlatlar, jumladan Argentina, Jazoir, Eron va Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr qo‘shilish istagida.
Flagi stran BRIKS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Yana ikki yirik hududiy davlat BRICSga kirish uchun ariza topshirdi
Yangiliklar lentasi
0