Bokuda O‘zbekiston kinosi kunlari bo‘lib o‘tmoqda - foto

© Kinematografiya agentligiO‘zbekiston kinosi kunlari
O‘zbekiston kinosi kunlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston kinosi kunlarida guruh kinoijodkorlar jumladan, Lola Eltoyeva, Eldor Mamedov, Dilmurod Masaidov, Feruza Nodirova, Shoira Raufboyeva va boshqalar ishtirok etishmoqda.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Ozarbayjonning Boku shahrida O‘zbekiston kinosi kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Kino kunlari doirasida ozarbayjonlik kino muxlislariga bir qator badiiy va hujjatli filmlar namoyish etiladi, deya xabar berdi Kinematografiya agentligi.
Tadbir Kinematografiya agentligi va Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekistondan guruh kinoijodkorlar jumladan, Lola Eltoyeva, Eldor Mamedov, Dilmurod Masaidov, Feruza Nodirova, Shoira Raufboyeva va boshqalar ishtirok etishmoqda.
Kinoijodkorlar Ozarbayjon milliy kino fondiga tashrif buyurishdi.
© Kinematografiya agentligiO‘zbekiston kinosi kunlari
O‘zbekiston kinosi kunlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
O‘zbekiston kinosi kunlari
Kino fondi rahbari Jamil Guliyev o‘z so‘zida ikki mamlakat kino ustalari hamkorligi uzoq tarixga ega ekanligi, so‘ngi yillarda bu hamkorlik tobora rivojlanib borayotganini e’tirof etdi.
Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamkorlik uchun barcha imkoniyatlar safarbarlik qilinishini ma’lum qildi.
© Kinematografiya agentligiO‘zbekiston kinosi kunlari
O‘zbekiston kinosi kunlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
O‘zbekiston kinosi kunlari
Kino kunlari doirasida “Azaliy do‘stlik va qardoshlik”, “Ayol qismati”, “Faridaning 2000 qo‘shig‘i”, “Baron 2: Sog‘inch”, “Maqsud Shayxzoda” singari badiiy va hujjatli filmlar namoyish etiladi.
© Kinematografiya agentligiO‘zbekiston kinosi kunlari
O‘zbekiston kinosi kunlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
O‘zbekiston kinosi kunlari
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning yirik kinostudiyalari rahbarlarining ishchi uchrashuvida MDH filmlarini dublyaj qilishda yagona markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil etilishi ma’lum qilingandi.
Jamg‘arma xalqaro festivallar va kino kunlarida ishtirok etayotgan filmlarni tarjima qilish va dublyaj ishlari bilan shug‘ullanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0