Neft embargosi ​​va narx chegarasi: Rossiya va Yevropa uchun nimani anglatadi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishNeftanoy tanker "Troiskiy most"
Neftanoy tanker Troiskiy most - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Ekspertlar: Jahon energetika bozorida erkin neft hajmlari deyarli qolmagan vaqtda, Rossiyaga neftiga turli cheklovlar kiritish – katta ehtimollik bilan xom-ashyo narxini osmonga chiqaradi.
TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Yevropa Ittifoqi 5-dekabrdan Rossiya neftini, 5-fevraldan esa neft mahsulotlarini dengiz orqali tashishni taqiqladi. Shu bilan birga, Yevropa Rossiyada ishlab chiqarilgan neftni sotib olish uchun narxning yuqori chegarasini belgiladi - barreliga 60 dollar. Tahlilchilar bu qarorni uzoqni ko‘ra bilmaslik deb atadi. Kelajakda Yevropa resurslar uchun o‘ta qimmat narx to‘lashiga, Moskva esa, aksincha, o‘z daromadlarini oshirishi mumkin.

Rossiya bunga tayyor edi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizta sanksiyalar paketini qabul qildi, ulardan biri neft embargosini bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutadi. Dengiz orqali yoqilg‘i tashish taqiqi 5-dekabrdan kuchga kirdi. Lekin aksariyat YeI davlatlari tankerlardan oldindan voz kechgan edi. Argus narxlar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyiga kelib, tankerda neft yetkazib berish hajmi ikki baravar kamayib, kuniga 770 ming barrelgacha yetdi. Yanvar oyida u 1,6 mln edi.
Moskva neft borasida allaqachon Xitoy, Hindiston va Turkiya bilan kelishib olgan.
Yanvardan oktabrgacha Xitoy o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga ko‘p - 71,97 million tonna sotib oldi. Rosneft rahbari Igor Sechinning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu Rossiyaga 49,19 milliard dollar keltirdi. Pekin dengiz orqali yuk tashish bo‘yicha eng yirik xaridorga aylandi.
Xitoy uchun Moskva Saudiya Arabistonidan so‘ng ikkinchi eng yirik neft yetkazib beruvchi bo‘ldi, Hindistonda esa - birinchi. Vortexa tahliliy agentligiga ko‘ra, oktabr oyida Nyu-Dehli Rossiyadan dengiz orqali ilk bor Yevropadan ko‘proq neft oldi – 34 foiz ortiq.

Sug‘urta nima bo‘ladi?

G‘arb kompaniyalari tomonidan tankerlarni sug‘urtalashni taqiqlash – vaziyatni murakkablashtirdi. Rossiyalik yuk jo‘natuvchilar va kema egalari allaqachon, sug‘urta bozorihukmronlari, Yevropa kompaniyalaridar rad javobini olishdi.
Ammo, Turkiya Rossiya sug‘urtasini tan oldi. Aks holda, Qora dengizda kemalar harakati cheklangan bo‘lardi. Sabab - dunyodagi tankerlarning 90% P&I Clubs kompaniyasi sug‘urtaladaydi. Bosh qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan ushbu xalqaro sug‘urtachilar guruhi, albatta, G‘arb sanksiyalariga amal qiladi.
Xitoy hozircha Turkiyadan o‘rnak olgani yo‘q, dedi seshanba kuni transport vaziri o‘rinbosari Yuriy Poshivay.
Mutaxassislarning fikricha, Pekin sug‘urta borasida kutib turish pozitsiyasini egallagan. Ular o‘zlari uchun mumkin bo‘lgan oqibatlarni baholashmoqda, shuningdek ikkilamchi sanksiyalar oqibatlarni ham baholashmoqda va imtiyoz olish yo‘llarini izlamoqda.
"Xitoy hukumati koronavirusga cheklov siyosatini yumshatganidan so‘ng neft iste’moli oshadi va ular albatta Rossiya neftini chegirma bilan sotib olishdan bosh tortishlari dargumon. Moskva uchun ehtimol yetkazib berish biroz murakkablashadi, hajmlar vaqtincha qisqaradi, lekin ko‘p emas. Rossiya, ehtimol sug‘urta imkoniyatlarini kichikroq va kam rivojlangan bozorlarda izlashiga to‘g‘ri keladi. Bu esa eksportni qisman cheklaydi”, — dedi Yevgeniy Shatov, Capital Lab hamkori.
“Aftidan, ular Osiyo mamlakatlaridan jumladan, Xitoyning o‘zidan sug‘urta kompaniyalarini jalb qiladilar”, - dedi TeleTrade axborot-tahlil markazining bosh iqtisodchisi Mark Goyxman.

Uchta stsenariy

Tahlilchilar neft eksporti rivojlanishining uchun uchta ehtimoliy ssenariylarini aytishmoqda. Ehtimol dengiz orqali neft eksporti nolgacha qisqaradi, ammo “Drujba” quvuri orqali yetkazib berish oshadi.
“2021 yilda "Drujba" quvuri orqali chet davlatlarga 37,5 million tonna neft eksport qilin. Quvurning o‘tkazish quvvati 66,5 million. Ya’ni hajm oshirishga hali imkon bor. Demak shunchaki yetkazib berish uslubi o‘zgaradi. Yevropana na neft na undan olinadigan mahsulotlarning narxi oshadi”, - deydi mustaqil sanoat eksperti Leonid Xazanov.
Ikkinchi ssenariy: "Drujba" quvuri orqali yetkazib berilayotgan neft hajmi o‘zgarmaydi.
Uchinchi variant: Rossiya qarshi sanksiya sifatida neft eksportini to‘xtatadi. Bunda Yevropa Ittifoqida energiya inqirozi yangidan boshlanadi, kotirovkalar 100 dollarga uchib ketadi.
Nima bo‘lganda ham, Rossiya o‘z neftini Osiyo mamlakatlariga yo‘naltirishi mumkin. Ular, esa o‘z navbatida, ortiqcha neftdan benzin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarib uni YeIga yetkazib berishadi. Albatta, ancha qimmat narxlarda.

Hal qiluvchi vaqtlar boshlandi

Dengiz orqali neft tashishni cheklash bilan bir vaqtda. YeI, avstraliya va G7 davlatlari Rossiya neftining har barreli uchun narx chegarasi - 60 dollar deb belgilashmoqda. Bu narx keyinchalik yana o‘zgartirilishi mumkin, cheklov embargo bilan bir vaqtda kuchga kiradi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada “neft narxi chegarasini” joriy etishni taqiqlash mexanizmlarini ishlab chiqmoqda. “Bu bozor qonunlariga qo‘pol aralashuvchi, samarasiz vositadir. Ustiga-ustak JSTning barcha tamoyillariga zid”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari. Uning ta’kidlashicha, Rossiya neft va neft mahsulotlarini faqat bozor shartlarida ishlashga tayyor bo‘lgan davlatlarga sotadi. Buning uchun hatto ishlab chiqarishni qisqartirishga to‘g‘ri kelsa ham.
Ekspertlar ham bu chorani mutlaqo foydasiz deb atashdi: energiya inqirozi fonida Rossiya neftini arzon garovga sotib olish mumkin bo‘lmaydi.
“OPEK+ning jahon neft bozoridagi narxlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy manipulyatsiya qilishdan xavotirlanishi fonida, Rossiya energiya resurslarini G‘arbga yetkazib berishni to‘xtatishga qaratilgan kampaniya hal qiluvchi bosqichga chiqdi.
Lekin bu kurashda Rossiya ko‘proq ustuvorlikka ega va kurash natijasida uning pozitsiyalari yanada kuchayishi mumkin. Xususan, Rossiya YeIga yetkazib berilayotgan har qanday xom-ashyodan, jumladan neft va gaz uchun qo‘shimcha tovon talab qilishi mumkin. Bunga uchinchi davlatlardan Rossiya orqali tranzit ravishda yetkazib berilayotgan mahsulotlar ham qo‘shilishi mumkin”, - deydi BitRiver moliyaviy tahlilchisi Vladislav Antonov.

Bu fiasko

Oxirgi paytlarda yevropaliklar gaz defitsitni dunyodan turli mintaqalardan tomchilib yig‘ish bilan to‘ldirishgan edi. AQSh, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan yetkazib berilayotgan muqobil hajmlar haqiqatan ham sezilarli darajada oshdi. Lekin hech kim Rossiya yetkazib berayotgan hajmlarni qoplay olmaydi.
"Hech bir davlat Yevropa bozori uchun ishlab chiqarishni keskin oshira olmadi. Va bo‘sh tankerlar ko‘p emas", - deya ta’kidlaydi Leonid Xazanov.
"Bu yoqilg‘i-energetika mahsulotlarning, o‘z navbatida tovar va xizmatlar narxi oshishiga olib keladi. Hatto oktabr oyida ham Yevropa Rossiyadan sutkasiga 2,4 mln. barrel neft import qildi. Va undan katta qismi dengiz orqali tashildi. Endi ular murakkablashadi”, - deydi Mark Goyxman.
Rossiya uchun esa embargoning ta’siri Brussel intilishlariga mutlaqo teskari bo‘lishi mumkin: yuqori neft narxi tufayli daromadning oshishi.
The Hill nashriga ko‘ra, Rossiya neftiga narxlarning yuqori chegarasini joriy etish AQSh va Yevropa uchun mag‘lubiyatga aylanadi.
"G‘arb sanksiyalariga qaramay, Rossiya neftdan juda ko‘p daromad olmoqda. Narxlar chegarasi joriy etish - yaqinlashib kelayotgan tarixiy mag‘lubiyatning barcha alomatlariga ega. Hozir jahon energetika bozorida erkin neft hajmlari deyarli qolmagan. Shuning uchun ham neft narxi chegarasi joriy etilganidan so‘ng – xom-ashyo qiymati osmonga chiqadi", - deyiladi nashrda.
Yil oxiriga kelib, Iqtisodiyot vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya energiya manbaalari eksportidan rekord darajada daromad oladi - 338 milliard dollar.
OPEK+ ning dekabrdagi qarori ham Yevropaga optimizm qo‘shmasligi aniq: narxlarning yuqori chegarasi joriy etilishi fonida alyans a’zolari ishlab chiqarishni cheklash rejasini saqlab qolishdi. Bu esa kelgusi olti oyda neft tobora kamroq qazib olinishini anglatadi. Mutaxassislar jahon bozorida taklifning qisqarishi, neft narxini 100-120 dollar va undan yuqoriga ko‘tarishi mumkinligini bashorat qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0