https://oz.sputniknews.uz/20221203/toshkentdagi-uylarning-ortacha-narxi-elon-qilindi-30461564.html
Toshkentdagi uylarning o‘rtacha narxi e’lon qilindi
Toshkentdagi uylarning o‘rtacha narxi e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi uylarning o‘rtacha narxi e’lon qilindi
2022-12-03T12:30+0500
2022-12-03T12:30+0500
2022-12-03T19:56+0500
jamiyat
ko‘chmas mulk
uy-joylar narxi
ko‘p kvartirali uylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1f/29597778_0:11:1239:708_1920x0_80_0_0_a4d03dee0b99d76d0da0a082eb978b23.jpg
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. 2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahri bo‘yicha uy savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 8 foizga (7814 dan 8408 ga) oshgan. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.Mazkur davrda 1 kvadrat metr uchun narxlar o‘rtacha 27 foizga oshgan, ya’ni ushbu ko‘rsatkich 2021-yil noyabrda 849 dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yil noyabrda 1078 dollarga yetgan.Ma’lumot uchun: 2022-yil 9 oyida Toshkent shahri bo‘yicha o‘rtacha ish haqi 5,9 million so‘mga yetib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 32,5 foizga o‘sgan. Ushbu davrda yillik inflyatsiya darajasi 12,2 foizni tashkil etgani hisobga olinsa, real ish haqi daromadlari 20,3 foizga oshgan. Ushbu davrda so‘mning 1 AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi 10672,30 so‘mdan 10973,39 so‘mga (2,8 foiz) o‘zgargan.2022 yil noyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan 2 xonalik uy narxi o‘rta hisobda 55,7 ming dollarni tashkil etgan (2021 yil noyabrda - 41,6 ming dollar). Toshkent shahrida uy-joyga bo‘lgan talabning oshishi, bir tomondan, yashash uchun ijtimoiy infratuzilmaning nisbatan yaxshiroqligi bilan izohlangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1f/29597778_140:0:1099:719_1920x0_80_0_0_c9fb41ac53a1b810a06e290df39184ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkentdagi uylarning o‘rtacha narxi e’lon qilindi
toshkentdagi uylarning o‘rtacha narxi e’lon qilindi
Toshkentdagi uylarning o‘rtacha narxi e’lon qilindi
12:30 03.12.2022 (yangilandi: 19:56 03.12.2022) Toshkent shahrining ayrim hududlarida 1 kvadrat metr uchun uy narxlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori hisoblanadi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. 2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahri bo‘yicha uy savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 8 foizga (7814 dan 8408 ga) oshgan. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining rasmiy sahifasida ma’lum
qilindi.
Mazkur davrda 1 kvadrat metr uchun narxlar o‘rtacha 27 foizga oshgan, ya’ni ushbu ko‘rsatkich 2021-yil noyabrda 849 dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yil noyabrda 1078 dollarga yetgan.
“Toshkent shahrining ayrim hududlarida 1 kvadrat metr uchun uy narxlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan (1078 dollar) sezilarli darajada yuqori hisoblanadi, xususan, Mirobodda – 1285 dollar (20 foizga yuqori), Yakkasaroyda – 1178 dollar (9 foizga yuqori), Shayxontohurda – 1144 dollar (6 foizga yuqori), Mirzo Ulug‘bekda – 1137 dollar (6 foizga yuqori), Yunusobodda – 1117 dollar (4 foizga yuqori)”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: 2022-yil 9 oyida Toshkent shahri bo‘yicha o‘rtacha ish haqi 5,9 million so‘mga yetib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 32,5 foizga o‘sgan. Ushbu davrda yillik inflyatsiya darajasi 12,2 foizni tashkil etgani hisobga olinsa, real ish haqi daromadlari 20,3 foizga oshgan. Ushbu davrda so‘mning 1 AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi 10672,30 so‘mdan 10973,39 so‘mga (2,8 foiz) o‘zgargan.
2022 yil noyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan 2 xonalik uy narxi o‘rta hisobda 55,7 ming dollarni tashkil etgan (2021 yil noyabrda - 41,6 ming dollar). Toshkent shahrida uy-joyga bo‘lgan talabning oshishi, bir tomondan, yashash uchun ijtimoiy infratuzilmaning nisbatan yaxshiroqligi bilan izohlangan.