https://oz.sputniknews.uz/20221202/qozonda-sberbankning-birinchi-islomiy-moliyalash-ofisi-ochildi-30432431.html
Qozonda Sberbankning birinchi islomiy moliyalash ofisi ochildi
Qozonda Sberbankning birinchi islomiy moliyalash ofisi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Ofis chakana va korporativ mijozlarga halol investitsiya vositalarini taklif qiladi. 02.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-02T10:27+0500
2022-12-02T10:27+0500
2022-12-02T10:27+0500
jamiyat
bank
sberbank
qozon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0d/24534298_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_22d66bd94ba07c6f94bf33177fbcf97b.jpg
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Sberbank Tatariston poytaxti Qozon shahrida birinchi islomiy moliya ofisini ochdi. Ofis chakana va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.Qozon shahrida Sberbankning birinchi hamkor moliyalash ofisining ochilishi bo‘lib o‘tdi.Mijozlarga quyidagi bank mahsulotlarini taqdim etiladi:Aytilishicha, ofisga kelgan mijozlarga kofe va choydan tashqari, muqaddas buloqdan olingan Zam-Zam suvi ham taklif etiladi. Shuningdek, bank logotipi bilan suvenirlar sotiladigan ixtisoslashtirilgan do‘kon ham ish boshladi.Ma’lumot uchun, Sberbank Tataristonning muhim strategik hamkori hisoblanadi. Bugungi kunda bank mijozlari 2,4 milliondan ortiq aholi, shuningdek, respublikaning yirik sanoat korxonalari hisoblanadi. Ayni paytda respublikada Sberbankning 382ta bo‘linmalari mavjud.
qozon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0d/24534298_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_e0fd4984462f86cdbbe809f76cf88f80.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, bank, sberbank, qozon
jamiyat, bank, sberbank, qozon
Qozonda Sberbankning birinchi islomiy moliyalash ofisi ochildi
Ofis chakana va korporativ mijozlarga halol investitsiya vositalarini taklif qiladi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Sberbank Tatariston poytaxti Qozon shahrida birinchi islomiy moliya ofisini ochdi. Ofis chakana va korporativ mijozlarga xizmat
ko‘rsatadi. Qozon shahrida Sberbankning birinchi hamkor moliyalash ofisining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Mijozlarga quyidagi bank mahsulotlarini taqdim etiladi:
Mudaraba (ishonchli aktivlarni boshqarish analogi);
Halol investitsiya vositalari;
Savdoni moliyalashtirish;
To‘lov va joriy hisobvaraqlar;
Hisob-kitob va kassa xizmatlari.
Aytilishicha, ofisga kelgan mijozlarga kofe va choydan tashqari, muqaddas buloqdan olingan Zam-Zam suvi ham taklif etiladi. Shuningdek, bank logotipi bilan suvenirlar sotiladigan ixtisoslashtirilgan do‘kon ham ish boshladi.
“Biz Tatariston poytaxtida Rossiyadagi birinchi hamkor moliya ofisini ochganimizdan mamnunmiz, bu yerda islomiy moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarga talab ortib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Hamkor moliyalashtirish mahsulotlarining mavjudligini oshirib, biz bu yo‘nalishni rivojlantiramiz va bank mijozlari orasida ommalashtiramiz”, deydi Sberbankning katta vitse-prezidenti Oleg Ganeyev.
Ma’lumot uchun, Sberbank Tataristonning muhim strategik hamkori hisoblanadi. Bugungi kunda bank mijozlari 2,4 milliondan ortiq aholi, shuningdek, respublikaning yirik sanoat korxonalari hisoblanadi. Ayni paytda respublikada Sberbankning 382ta bo‘linmalari mavjud.