O‘zbekiston va Qozon birgalikda dala va laboratoriya tadqiqotlarini olib boradi

© Fanlar akademiyasi Qozon Davlat Energetika universiteti hamda Umumiy va noorganik kimyo instituti
Qozon Davlat Energetika universiteti  hamda Umumiy va noorganik kimyo instituti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga Qozon Davlat Energetika universitetining innovatsiyalar rivojlanishi bo‘yicha prorektori Irina Axmetova tashrif buyurdi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Qozon Davlat Energetika universiteti Umumiy va noorganik kimyo instituti bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Qozon Davlat Energetika universitetining innovatsiyalar rivojlanishi bo‘yicha prorektori Irina Axmetova Umumiy va noorganik kimyo institutiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Umumiy va noorganik kimyo instituti professor xodimlari hamda “Kolloid kimyo va sanoat ekologiyasi” laboratoriyasi bilan kelgusida o‘zaro hamkorlikdagi loyihalar, ilmiy stajirovka hamda kadrlar tayyorlash doirada izlanishlar olib borishga kelishib olindi.
Shuningdek, Qozon Davlat Energetika universiteti "Muhandislik ekologiyasi va mehnat xavfsizligi" kafedrasi professorlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borish vazifalari belgilab olindi:
Dala va laboratoriya tadqiqotlari;
Eksperimental usullar va parametrik modellashtirish usullaridan foydalangan holda energetika va boshqa tarmoqlarda ekologik muammolarni muhandislik yechimlari;
Agrosanoat kompleksi, shakar va alkogol sanoatida hududning ekologik-iqtisodiy muammolarini hal qilishda organik chiqindilardan energiya xom ashyosi sifatida foydalanish;
Ekologik va kimoviy tahlillar, mintaqaning ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun qattiq maishiy chiqindilarni yo‘q qilish va qayta ishlash.
© Fanlar akademiyasi Qozon Davlat Energetika universiteti hamda Umumiy va noorganik kimyo instituti
Qozon Davlat Energetika universiteti  hamda Umumiy va noorganik kimyo instituti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Qozon Davlat Energetika universiteti hamda Umumiy va noorganik kimyo instituti
Yangiliklar lentasi
0