https://oz.sputniknews.uz/20221202/ispaniya-toshkentda-elchixona-ochishni-rejalashtirmoqda-30435517.html
Ispaniya Toshkentda elchixona ochishni rejalashtirmoqda
Ispaniya Toshkentda elchixona ochishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ispaniya O‘zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Toshkentda... 02.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-02T15:10+0500
2022-12-02T15:10+0500
2022-12-02T15:10+0500
siyosat
elchixona
o‘zbekiston
ispaniya
vladimir norov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/631/16/6311696_0:269:3077:1999_1920x0_80_0_0_eaa8dcd0aa19299fe727c1877099060e.jpg
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Ispaniya O‘zbekistonda o‘z elchixonasini ochishni rejalashtirapti. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Vazirlikning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 1-dekabr kuni Polshaning Lodz shahrida Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vaziri Xose Manuyel Albares Buyeno bilan muzokara o‘tkazgan.Muloqotda O‘zbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari O‘zbekiston-Ispaniya ko‘p qirrali hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan. Norov Ispaniyaning Toshkentda elchixona ochish rejalarini qo‘llab-quvvatlagan.Vazirlar turizm, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ham fikr almashgan.
o‘zbekiston
ispaniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/631/16/6311696_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_b2deb7a2dbe37fe9078915e6f60a8cc9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, elchixona, o‘zbekiston, ispaniya, vladimir norov
siyosat, elchixona, o‘zbekiston, ispaniya, vladimir norov
Ispaniya Toshkentda elchixona ochishni rejalashtirmoqda
Ispaniya O‘zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Toshkentda elchixona ochishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Ispaniya O‘zbekistonda o‘z elchixonasini ochishni rejalashtirapti. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 1-dekabr kuni Polshaning Lodz shahrida Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vaziri Xose Manuyel Albares Buyeno bilan muzokara o‘tkazgan.
Muloqotda O‘zbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari O‘zbekiston-Ispaniya ko‘p qirrali hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan. Norov Ispaniyaning Toshkentda elchixona ochish rejalarini qo‘llab-quvvatlagan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar ko‘rsatkichlarini oshirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish, qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekiston bozori imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Ispaniyaning yetakchi kompaniyalarining mamlakatga tashrifini tashkil etish yuzasidan aniq takliflar ko‘rib chiqilgan.
Vazirlar turizm, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ham fikr almashgan.