Jamiyat

Oʻzbekistonda OIV bilan kasallanganlar soni maʼlum qilindi

© Depositphotos.com / Utah778Probirka s krovyu dlya testa na VICH
Probirka s krovyu dlya testa na VICH - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻtgan yili roʻyxatga olingan odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanganlarning 74,3 foiziga kasallik jinsiy aloqa yoʻli orqali yuqqanligi gumon qilingan.
TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. 2022 yilning 1 yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda roʻyxatga olingan odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) bilan kasallanganlar soni 45 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Respublika orttirilgan immunitet tanqisligi sindromiga (OITS) qarshi kurash markazi direktori oʻrinbosari Gulifor Normuratova maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yili roʻyxatga olingan bemorlarning 74,3 foiziga kasallik jinsiy aloqa yoʻli orqali yuqqanligi gumon qilingan.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, OIVni yuqtirib olgan shaxslarning aksariyat qismi maxsus antiretrovirus davolash bilan qamrab olingan.
“Shunday muolajalarni olayotgan shaxslarning 74 foizida virus yuklamasi bir necha marta kamaygan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kasallikka qarshi kurashni qancha keng koʻlamda va erta olib borsak, shuncha samarali natijaga erishishimiz mumkin”, - dedi Normuratova.
Mamlakatda OIV bilan kasallangan bemorlarning 79 foizi antiretrovirus muolajalar bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur preparatlar xarajatlarining qariyb 80 foizi Davlat byudjeti mablagʻlari, qolgan 20 foizi esa xalqaro fondlar hisobidan qoplanmoqda.
Umuman, hozirgi kunda mamlakatda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyasi faoliyat olib boryapti. Ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari boʻlsa, 63 tasi tumanlararo laboratoriyalardir.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozir dunyoda OIVdan aziyat chekayotgan 40 millionga yaqin bemor bor. Ular soni yiliga oʻrtacha 1,5 million nafarga koʻpaymoqda. Eng yomoni, xastalik har yili 600 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin boʻlyapti.
Umuman, Yer yuzida OITS epidemiyasi boshlangandan buyon 75 million odam ushbu dardga chalinib, 32 million nafardan ortigʻi vafot etgan. Tahlillarga koʻra, infektsiya 75 foizdan ortiq holatlarda 25-49 yoshli kishilar oʻrtasida uchramoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvaloroq Oʻzbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infektsiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni gʻayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0