Jamiyat

Prezident mulk huquqini rasmiylashtirishga doir qonunni imzoladi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka oʻtishKalkulyator i dom
Kalkulyator i dom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qonun qabul qilinganidan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti kecha, 28 noyabr kuni “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Ushbu qonun koʻchmas mulkning quyidagi turlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi:
yer uchastkalariga;
binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obʼyektlarga;
koʻp yillik dov-daraxtlarga;
mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.
Koʻchmas mulkka boʻlgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim:
mulk huquqi;
doimiy egalik qilish huquqi;
doimiy foydalanish huquqi;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
ijara huquqi;
ikkilamchi ijara huquqi;
xoʻjalik yuritish huquqi;
operativ boshqarish huquqi;
koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
bepul foydalanish huquqi;
renta;
ipoteka;
servitut;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga qoʻyilgan cheklovlar.
Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obʼyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildini shakllantirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi);
binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obʼyektning mavjudligi;
koʻchmas mulkning boʻlinganligi;
koʻchmas mulkning birlashtirilganligi.
Davlat reyestri koʻchmas mulk, unga boʻlgan huquqlar, shuningdek huquq egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi tarzdagi tizimlashtirilgan maʼlumotlar toʻplamidan iboratdir.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0