https://oz.sputniknews.uz/20221128/air-arabia-namangan-sharja-parvozlarini-yolga-qoydi-30305248.html
“Air Arabia” Namangan-Sharja parvozlarini yo‘lga qo‘ydi
“Air Arabia” Namangan-Sharja parvozlarini yo‘lga qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Sharja va Namangan o‘rtasidagi parvozlar muntazam ravishda haftasiga uch marta amalga oshiriladi. 28.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-28T14:23+0500
2022-11-28T14:23+0500
2022-11-28T14:23+0500
jamiyat
namangan
baa
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/16/15030492_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_2f8c7ffd5ce4f6e23e73a250af4a48a0.jpg
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. “Air Arabia” aviakompaniyasi Sharja va Namangan o‘rtasida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.28 noyabr kuni Namangan xalqaro aeroportiga ilk bor “Air Arabia” aviakompaniyasining samolyoti kelib qo‘ndi.“Uzbekistan Airports” xabariga ko‘ra, Namangan – Sharja yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvoz arafasida aeroportda tantanali marosim bo‘lib o‘tgan. Namangan aeroporti va “Air Arabia” aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil tasmani kesib, 170 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan birinchi reysga ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlab berishgan.Parvozlar qulay A-320 samolyotlarida muntazam ravishda haftasiga uch marta amalga oshiriladi: Namangandan uchish dushanba, juma va yakshanba kunlariga belgilangan.“Air Arabia” - shtab-kvartirasi Sharjada (BAA) joylashgan arzon aviakompaniya bo‘lib, Sharja va Iskandariya aeroportlaridan, shuningdek, Marokashdagi to‘rtta aeroportdan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, MDH davlatlari va boshqa mamlakatlarga yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadi.
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/16/15030492_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_a04ebd78340c201be556e6085da95ad3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, namangan, baa, aviaparvozlar
jamiyat, namangan, baa, aviaparvozlar
“Air Arabia” Namangan-Sharja parvozlarini yo‘lga qo‘ydi
Sharja va Namangan o‘rtasidagi parvozlar muntazam ravishda haftasiga uch marta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. “Air Arabia” aviakompaniyasi Sharja va Namangan o‘rtasida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
28 noyabr kuni Namangan xalqaro aeroportiga ilk bor “Air Arabia” aviakompaniyasining samolyoti kelib qo‘ndi.
“Uzbekistan Airports”
xabariga ko‘ra, Namangan – Sharja yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvoz arafasida aeroportda tantanali marosim bo‘lib o‘tgan. Namangan aeroporti va “Air Arabia” aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil tasmani kesib, 170 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan birinchi reysga ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlab berishgan.
Parvozlar qulay A-320 samolyotlarida muntazam ravishda haftasiga uch marta amalga oshiriladi: Namangandan uchish dushanba, juma va yakshanba kunlariga belgilangan.
“Air Arabia” - shtab-kvartirasi Sharjada (BAA) joylashgan arzon aviakompaniya bo‘lib, Sharja va Iskandariya aeroportlaridan, shuningdek, Marokashdagi to‘rtta aeroportdan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, MDH davlatlari va boshqa mamlakatlarga yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadi.