Erdog‘an Turkiya Suriyada quruqlikdan harbiy operatsiya boshlashini e’lon qildi

© AP Photo / Lefteris PitarakisTureskaya armiya
Tureskaya armiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya vaziyat tug‘ilishi bilan Suriyada quruqlikdan harbiy operatsiya o‘tkazib, qator hududlarni "tozalamoqchi".
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Turkiya Qurolli Kuchlari Suriyada quruqlikda harbiy operatsiya o‘tkazib, ba’zi hududlarni kurd jangarilaridan tozalamoqchi. Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdog‘an hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi yig‘ilishida aytib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, turk harbiylarining Suriya va Iroqdagi operatsiyalari hali boshlanishi, Anqara chegaralarini butkul tozalash niyatida. Negaki Turkiya “o‘zini himoya qilishga” huquqiga ega.
“Nazorati ostidagi Suriya hududidan mamlakatimizga hech qanday tahdid bo‘lmaydi, deganlar va’dasini bajara olmagani ma’lum bo‘ldi. Biz Suriya chegaralari haqidagi so‘zlarimizga sodiq qoldik, ammo agar dushmanlarimiz va’dalarini bajara olmasalar, biz o‘zimizni himoya qilishga haqlimiz”, - deydi Turkiya yetakchisi.
Erdog‘an Turkiya armiyasi “eng qulay vaqtda” “terrorchilarga yerdan” hujum boshlashini ta’kidladi. Harbiylar Tel-Rifat, Manbij va Ayn al-Arabdan boshlab, “ularni tozalaydi”.
Shu bilan birga, Turkiya rahbari Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashish imkoniyatini istisno etmadi.
Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyevning ta’kidlashicha, Anqara Moskvaning Suriyadagi operatsiyadan tiyilish chaqiriqlarini eshitishiga umid qilmoqda, chunki bu Yaqin Sharqda zo‘ravonlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Turkiyaning Suriya va Iroqdagi operatsiyasi
Yakshanba kuni Turkiya Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasining (KIP) Suriya qanotiga qarshi havo operatsiyasi o‘tkazdi, shuningdek, Iroq shimolidagi nishonlarga raketa hujumlari uyushtirilgan xabar qilindi.
Anqaraga ko‘ra, Suriya bilan chegaradosh Hatay, Shonli Urfa va Shirnak viloyatlariga 764-marta raketa-minomotlardan zarba berilgan. Hujumlar natijasida 32 kishi halok bo‘ldi, 261 kishi yaralandi.
Erdog‘an bombardimon muvaffaqiyatli o‘tganini aytdi. Mudofaa vaziri Hulusi Akar keyinroq aniqlik kiritib, ikki kun ichida 184 jangari yo‘q qilinganinima’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0