https://oz.sputniknews.uz/20221122/dehli-universiteti-talabalariga-ozbek-tili-orgatiladi-30150052.html
Dehli universiteti talabalariga o‘zbek tili o‘rgatiladi
Dehli universiteti talabalariga o‘zbek tili o‘rgatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Dehli universiteti o‘zbek tili bo‘yicha o‘quv kurslari mavjud bo‘lgan Hindistondagi uchinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi. 22.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-22T12:35+0500
2022-11-22T12:35+0500
2022-11-22T12:35+0500
jamiyat
hindiston
o‘zbek tili
universitet
sharqshunoslik instituti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/16/30150161_0:220:916:735_1920x0_80_0_0_cebab13c8a142d47397175a5e9b138b4.jpg
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Dehli universitetida o‘zbek tili va hind o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari markazi ochildi. Bu markaz ikki mamlakatning ta’lim sohasidagi qadimiy rishtalariga yangi mazmun baxsh etadi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi xabar berdi.Xabarda ta’kidlanishicha, erishilgan kelishuvlar Toshkent davlat sharqshunoslik va Dehli universitetlari ilmiy jamoatchiligi tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi ta’lim dasturlari orqali mutaxassislar tayyorlash ishlari uchun huquqiy asos bo‘ladi.Dunyo fanida ilk ilmiy hindshunoslikka Abu Rayhon Beruniy asos solgan. Uning “Hindiston” asari ushbu ilmiy yo‘nalishga tamal toshi bo‘lib xizmat qilmoqda va bu kabi tadqiqotlar xozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.Mamlakatning Hindistondagi elchixonasi markaz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida o‘zbek tili, madaniyati, tarixi va zamonaviy taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan kitoblarni taqdim etgan.Dehli universiteti o‘zbek tili bo‘yicha o‘quv kurslari mavjud bo‘lgan Hindistondagi uchinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi. Bunga qadar 2004-yildan Dehlidagi Jamiya Milliya Islamiya hamda 2021-yildan Javaharlal Neru universitetlarida ham o‘zbek tili kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/16/30150161_0:69:916:756_1920x0_80_0_0_be47cf2e202ab820556a87e1eed927ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hindiston, o‘zbek tili, universitet, sharqshunoslik instituti
jamiyat, hindiston, o‘zbek tili, universitet, sharqshunoslik instituti
Dehli universiteti talabalariga o‘zbek tili o‘rgatiladi
Dehli universiteti o‘zbek tili bo‘yicha o‘quv kurslari mavjud bo‘lgan Hindistondagi uchinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Dehli universitetida o‘zbek tili va hind o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari markazi ochildi. Bu markaz ikki mamlakatning ta’lim sohasidagi qadimiy rishtalariga yangi mazmun baxsh etadi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, erishilgan kelishuvlar Toshkent davlat sharqshunoslik va Dehli universitetlari ilmiy jamoatchiligi tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi ta’lim dasturlari orqali mutaxassislar tayyorlash ishlari uchun huquqiy asos bo‘ladi.
Dunyo fanida ilk ilmiy hindshunoslikka Abu Rayhon Beruniy asos solgan. Uning “Hindiston” asari ushbu ilmiy yo‘nalishga tamal toshi bo‘lib xizmat qilmoqda va bu kabi tadqiqotlar xozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Mamlakatning Hindistondagi elchixonasi markaz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida o‘zbek tili, madaniyati, tarixi va zamonaviy taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan kitoblarni taqdim etgan.
Dehli universiteti o‘zbek tili bo‘yicha o‘quv kurslari mavjud bo‘lgan Hindistondagi uchinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi. Bunga qadar 2004-yildan Dehlidagi Jamiya Milliya Islamiya hamda 2021-yildan Javaharlal Neru universitetlarida ham o‘zbek tili kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.