https://oz.sputniknews.uz/20221121/aqsh-tufayli-turkiya-harbiy-operatsiya-sanasini-ozgartirdi---oav-30130201.html
AQSh tufayli Turkiya harbiy operatsiya sanasini o‘zgartirdi - OAV
AQSh tufayli Turkiya harbiy operatsiya sanasini o‘zgartirdi - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Suriya shimolidagi harbiy operatsiya haqidagi shifrlangan ma’lumotlar AQSh qo‘liga tushganidan so‘ng Turkiu uni muddatidan oldin o‘tkazishga qaror qildi. 21.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-21T15:14+0500
2022-11-21T15:14+0500
2022-11-21T15:14+0500
dunyoda
turkiya
suriya
iroq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1d/15081420_0:111:2000:1236_1920x0_80_0_0_700c9c81d77a1fbbfbba4d9a71279a8f.jpg
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Turkiya Qurolli Kuchlarining Suriya shimoli va Iroqdagi havo operatsiyasi ma’lumotlari Amerika tomonidan qo‘lga kiritilgani tufayli bir kun oldinga ko‘chirildi. Bu haqda “Yeni Şafak” gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.Avvalroq Turkiya Mudofaa vazirligi Suriya va Iroq shimolidagi havo operatsiyasi chog‘ida 89 ta nishon yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi.Anqara yakshanba kuni Suriya shimolida taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasining (KIP) Suriya qanotiga qarshi havo operatsiyasi o‘tkazdi. Iroq shimolidagi kabi Kobani shahriga ham zarbalar berilgani xabar qilindi.Eslatib o‘tamiz, 13-noyabr kuni Istanbul markazidagi Istiqlol piyodalar ko‘chasida portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, 81 kishi jarohatlandi. Teraktni uyushtirishda gumonlangan Axlam Albashir qo‘lga olindi, u “Kurdiston ishchilar partiyasi”ga (KIP, Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb topilgan) aloqadorligini tan olgan. Turkiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, terakt uyushtirish topshirig‘i Suriyaning Kobani shahridan kelgan.
turkiya
iroq
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1d/15081420_102:0:1899:1348_1920x0_80_0_0_e62720ad522df9465d41609355d1216a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, suriya, iroq
dunyoda, turkiya, suriya, iroq
AQSh tufayli Turkiya harbiy operatsiya sanasini o‘zgartirdi - OAV
Suriya shimolidagi harbiy operatsiya haqidagi shifrlangan ma’lumotlar AQSh qo‘liga tushganidan so‘ng Turkiu uni muddatidan oldin o‘tkazishga qaror qildi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Turkiya Qurolli Kuchlarining Suriya shimoli va Iroqdagi havo operatsiyasi ma’lumotlari Amerika tomonidan qo‘lga kiritilgani tufayli bir kun oldinga ko‘chirildi. Bu haqda “Yeni Şafak” gazetasi manbalarga tayanib
xabar berdi.
“Yeni Safak” nashri tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya avval yakshanba oqshomiga belgilangan edi. Biroq, operatsiya haqida ogohlantirilgan AQSh rasmiylari shifrlangan xabarni oldindan o‘qishga erishgach, amaliyot bir kun oldinga ko‘chirildi. Turkiya Qurolli Kuchlari diqqatini bir necha oydan beri Iroq shimolidagi operatsiyalarga qaratgani bois, Suriyada bunday keng ko‘lamli operatsiya kutilmagan edi. Biroq, “hammaning o‘yinini barbod qilgan” reja yordamida nishonlarni bir vaqtning o‘zida ikki nuqtaga (Suriya va Iroq shimolida) zarba berish mumkinligi ko‘rsatildi”, - deb yozadi RIA Novosti turk nashriga asoslanib.
Avvalroq Turkiya Mudofaa vazirligi Suriya va Iroq shimolidagi havo operatsiyasi chog‘ida 89 ta nishon yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi.
Anqara yakshanba kuni Suriya shimolida taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasining (KIP) Suriya qanotiga qarshi havo operatsiyasi o‘tkazdi. Iroq shimolidagi kabi Kobani shahriga ham zarbalar berilgani xabar qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 13-noyabr kuni Istanbul markazidagi Istiqlol piyodalar ko‘chasida portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, 81 kishi jarohatlandi. Teraktni uyushtirishda gumonlangan Axlam Albashir qo‘lga olindi, u “Kurdiston ishchilar partiyasi”ga (KIP, Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb topilgan) aloqadorligini tan olgan. Turkiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, terakt uyushtirish topshirig‘i Suriyaning Kobani shahridan kelgan.