https://oz.sputniknews.uz/20221120/twitter-donald-trampning-sahifasini-qayta-tikladi-30108200.html
Twitter Donald Trampning sahifasini qayta tikladi
Twitter Donald Trampning sahifasini qayta tikladi
Sputnik O‘zbekiston
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Twitter᾽dagi sahifasi 2021-yil boshida bloklab qo‘yilgan edi. 20.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-20T14:17+0500
2022-11-20T14:17+0500
2022-11-20T14:17+0500
dunyoda
donald tramp
ilon mask
twitter
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0a/19177334_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_5404c772923ef74fd6471ea412682d03.jpg
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Twitter᾽dagi sahifasi qayta tiklandi.Kuni kecha amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter᾽da Trampning akkauntini blokdan chiqarish yoki chiqarmaslik xususida so‘rov o‘tkazgandi.So‘rovda 15 millionga yaqin foydalanuvchilar qatnashgan. So‘rovda qatnashgarlarning 51,8 foizi blokdan chiqarishni yoqlab ovoz bergan, 48,2 foizi esa qarshi chiqqan. Trampning o‘zi bu so‘rovga munosabat bildirib, bu ijtimoiy tarmoqqa qaytish niyati yo‘qligini bildirgandi.2009 yil martida yaratilgan Tramp sahifasida uning barcha bayonotlari saqlanib qolingan. So‘nggi xabar 2021-yil 8-yanvarda yozilgan.2021 yil boshida Twitter Trampga o‘z xizmatidan foydalanishni taqiqlab qo‘ygandi. Bu o‘sha payt davlat rahbari bo‘lgan Trampning tarafdorlari AQSh Kongressida bo‘lib o‘tgan prezident saylovi natijalarini tasdiqlashga to‘sqinlik ko‘rsatishga urinishganidan keyin ro‘y berdi. Saylovda Jo Bayden g‘olib bo‘lgandi. Twitter ma’muriyati Tramp akkauntini uning tvitlari odamlarni tartibsizlik uyushtirishga undashi mumkin degan vaj bilan bloklab qo‘ygandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0a/19177334_96:0:2804:2031_1920x0_80_0_0_a36db89fdd0f7b21447311e767168ed8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, donald tramp, ilon mask, twitter
dunyoda, donald tramp, ilon mask, twitter
Twitter Donald Trampning sahifasini qayta tikladi
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Twitter᾽dagi sahifasi 2021-yil boshida bloklab qo‘yilgan edi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Twitter᾽dagi sahifasi qayta tiklandi.
Kuni kecha amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter᾽da Trampning akkauntini blokdan chiqarish yoki chiqarmaslik xususida so‘rov o‘tkazgandi.
So‘rovda 15 millionga yaqin foydalanuvchilar qatnashgan. So‘rovda qatnashgarlarning 51,8 foizi blokdan chiqarishni yoqlab ovoz bergan, 48,2 foizi esa qarshi chiqqan. Trampning o‘zi bu so‘rovga munosabat bildirib, bu ijtimoiy tarmoqqa qaytish niyati yo‘qligini bildirgandi.
“Odamlar o‘z fikrini bildirdi. Tramp qayta tiklanadi”, - deya
yozdi Twitter kompaniyasining yangi egasi Ilon Mask.
2009 yil martida yaratilgan Tramp sahifasida uning barcha bayonotlari saqlanib qolingan. So‘nggi xabar 2021-yil 8-yanvarda yozilgan.
2021 yil boshida Twitter Trampga o‘z xizmatidan foydalanishni taqiqlab qo‘ygandi. Bu o‘sha payt davlat rahbari bo‘lgan Trampning tarafdorlari AQSh Kongressida bo‘lib o‘tgan prezident saylovi natijalarini tasdiqlashga to‘sqinlik ko‘rsatishga urinishganidan keyin ro‘y berdi. Saylovda Jo Bayden g‘olib bo‘lgandi. Twitter ma’muriyati Tramp akkauntini uning tvitlari odamlarni tartibsizlik uyushtirishga undashi mumkin degan vaj bilan bloklab qo‘ygandi.