Rossiyalik olimlar saraton hujayralarini yo‘q qilishning yangi usulini topishdi - tadqiqot

© Adobe stock/catalinOnkologiya
Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2022
Obuna bo‘lish
Olimlarning ta’kidlashicha, bu — hozircha faqat tadqiqot. Uning amaliy samarasi klinik sinovlarda to‘liq namoyon bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Rossiyalik olimlar bemorlar organizmida saraton hujayralarini yo‘q qilishning yangi usulini topishdi. Bu jarayonni tabiiy va sintezlangan molekulalar kombinatsiyasidan foydalangan holda amalga oshirish taklif qilinmoqda.

“Ma’lumki, inson tanasidagi hujayralar odatda o‘z zimmasidagi vazifalarni ado etgach, ya’ni rivojlanish siklini tugatgandan so‘ng o‘z-o‘zini yo‘q qilish xususiyatiga ega. Bu organizmda ular soni meyorda bo‘lishini ta’minlaydi”, - deyiladi O‘zbekiston SSV xabarida.

Ta’kidlanishicha, patologik o‘zgarishlar tufayli saraton hujayralarida ushbu mexanizm ishlamaydi. Oqibatda ular nazoratsiz ravishda bo‘linishda davom etadi.
Rus olimlari saraton hujayralarida ayni shu xususiyatni “uyg‘otish” ustida ish olib borgan. Buning uchun bispidin hosilasi bilan poliaminlar kombinatsiyasidan foydalanish lozim, degan xulosaga kelingan.
Aytish joizki, poliaminlar hujayralar hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lib, ularning bispidinlar ishtirokida bo‘linishi o‘z-o‘zini yo‘q qilishiga olib keladi. Natijada faqat o‘simta hujayralarining o‘zigina nobud bo‘ladi va sog‘lom hujayralar omon qoladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu — hozircha faqat tadqiqot. Uning amaliy samarasi klinik sinovlarda to‘liq namoyon bo‘lishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0