O‘zbek jang san’ati rahbari Po‘lat Usmonov WOMAO vitse-prezidentligiga saylandi

© O‘zbek jang san’ati federatsiyasi Po‘lat Usmonov
Po‘lat Usmonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2022
Obuna bo‘lish
Po‘lat Usmonovning YuNESKO tizimidagi mazkur xalqaro sport tashkiloti rahbarligiga uchinchi bor saylanishi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. O‘zbek jang san’ati federatsiyasi raisi Po‘lat Usmonov Butunjahon jang san’atlari federatsiyasi (WOMAO) vitse-prezidentligiga saylandi. Bu haqda O‘zbek jang san’ati federatsiyasi xabar berdi.
Po‘latov tashkilotning Janubiy Koreyaning Chondju shahrida navbatdagi kongress yig‘ilishida bu lavozimga saylangan. U endi keyingi ikki yil muddatga WOMAO vitse-prezidenti vazifasini bajaradi.
Qayd etish joizki, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, yuzlab dongdor yakkakurash ustalari murabbiyi, O‘zbek jang san’ati asoschisi Po‘lat Usmonov YuNESKO tizimidagi mazkur xalqaro sport tashkiloti rahbarligiga uchinchi bor saylanishi.
Eslatib o‘tamiz, har ikki yilda o‘tadigan Butunjahon jang san’atlari festivalining 2017-yilgi bahslarida O‘zbek jang san’ati terma jamoasi umumjamoa hisobida 50 dan ziyod jamoalar orasida 1-o‘rinni egallagandi.
Yangiliklar lentasi
0