Moskva-Farg‘ona yo‘nalishidagi samolyot noqulay ob-havo tufayli Namanganga yo‘naltirildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa "Platov" v Rostove-na-Donu.
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa Platov v Rostove-na-Donu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2022
Obuna bo‘lish
Moskvadan havoga ko‘tarilgan samolyot noqulay ob-havo tufayli Farg‘ona aeroportiga qo‘na olmagan va Namangan aeroportiga yo‘naltirilgan.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Moskva-Farg‘ona yo‘nalishidagi samolyot noqulay ob-havo tufayli Namanganga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” kanalida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, bugun, 20-noyabr kuni Moskvadan havoga ko‘tarilgan samolyot noqulay ob-havo tufayli Farg‘ona aeroportiga qo‘na olmagan va Namangan aeroportiga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways”ning HY-081 reysining Toshkent — Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvoz vaqti ham tuman tufayli kechiktirilgan.
Yangiliklar lentasi
0