Qashqadaryoda 4 balli zilzila kuzatildi

© Fotolia / Petrovich12Seysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
Zilzila episentri G‘uzor tumani bo‘lgan. U yerda 3-4 balli zilzila sezilgan.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 19:40 da zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani. Zilzila koordinatalari: 38,67 gradus shimoliy kenglik; 66,33 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 20 km. Zilzila episentri Toshkentdan 379 km janubiy-g‘arbda.
Uning sezilish kuchi:
G‘uzor tumanida 3-4 ball, 22 km.
Qamashi tumanida 3 ball, 40 km.
Dehqonobod tumanida 3 ball, 43 km.
Qarshi tumanida 2-3 ball, 48 km.
Yakkabog‘ tumanida 2-3 ball, 49 km.
Qarshi shahrida 2-3 ball, 51 km.
Chiroqchi tumanida 2-3 ball, 58 km.
Nishon tumanida 2 ball, 68 km.
Seysmografiya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Samarqand viloyatida 4 balli zilzila sodir bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0