Samarqand viloyatida 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

© AFP 2023 / FREDERICK FLORINSeysmografiya, arxivnoe foto
Seysmografiya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Samarqand va Navoiy viloyatining ayrim hududlarida zilzila ro‘y berdi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekistonda mahalliy vaqt bilan soat 18:58 da zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Samarqand viloyati Paxtachi tumani bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 39,81 gradus shimoliy kenglik; 65,56 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 349 km janubiy-g‘arbda.
Sezilish kuchi:
Paxtachi tumanida 4 ball, 8 km.
Karmana tumanida 3 ball, 35 km.
Navoiy shahrida 3 ball, 36 km.
Narpay tumanida 3 ball, 38 km.
Nurobod tumanida 2-3 ball, 42 km.
Navbahor tumanida 2-3 ball, 50 km.
Xatirchi tumanida 2-3 ball, 53 km.
Qiziltepa tumanida 2 ball, 55 km.
Muborak tumanida 2 ball, 63 km.
Kattaqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 65 km.
Yangiliklar lentasi
0