https://oz.sputniknews.uz/20221116/polshada-qulagan-raketa-katta-ehtimol-bilan-ukrainaga-tegishli--duda--30038048.html
Polshada qulagan raketa katta ehtimol bilan Ukrainaga tegishli – Duda
Polshada qulagan raketa katta ehtimol bilan Ukrainaga tegishli – Duda
Sputnik O‘zbekiston
Polsha prezidentining ta’kidlashicha, bu Polshaga qasddan qilingan hujum ekanligiga dalil yo‘q. 16.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-16T19:12+0500
2022-11-16T19:12+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
polsha
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20245789_0:0:3077:1731_1920x0_80_0_0_857292b18313af908c5b84764ab33b1e.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Polsha prezidenti Anjey Duda mamlakat hududiga qulagan raketa katta ehtimol bilan Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimiga tegishli ekanligini tan oldi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ehtimol, gap Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan raketa haqida ketmoqda.Dudaning ta’kidlashicha, bu Polshaga qasddan qilingan hujum ekanligiga dalil yo‘q.U, shuningdek, Varshava rus qo‘shinlari tomonidan raketa uchirilgani haqidagi tasdiqni taqdim eta olmasligini ta’kidladi.Kecha tunda Polsha OAVlari Ukraina bilan chegaradagi Lyublinsk voyevodasiga ikkita raketa qulagani haqida xabar berdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.AP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bular Rossiya snaradlarini tutib olish uchun uchirilgan Ukraina raketalari bo‘lgan.Voqeadan so‘ng darhol Polsha Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalar qulaganini ma’lum qildi va elchi idoraga chaqirildi. Shu bilan birga, prezident Anjey Duda hozircha aniq ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Ukraina-Polsha chegarasi hududida hech qanday nishonga zarba bermaganini va Varshavaning Moskvaning ishtiroki haqidagi barcha bayonotlari provokatsiya ekanligini ta’kidladi.Pentagonning ta’kidlashicha, bu vaziyatda ular taxminlar bilan emas, balki aniqlik kiritish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud faktlar bilan ishlamoqchi. Shu bilan birga, faktlar olinmaguncha, Pentagon NATO Nizomining 5-moddasi (jamoaviy mudofaa to‘g‘risida) qo‘llanilishi haqida gapirmaydi, dedi harbiy departament matbuot kotibi Patrik Rayder.AQSh prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni G7 va NATO yetakchilarining uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi, shundan so‘ng raketa “trayektoriya jihatidan Rossiyadan uchirilgani dargumon” ekanini aytdi.
https://oz.sputniknews.uz/20221116/peskov-polshadagi-hodisaga-moskvaning-aloqasi-yoq-30035485.html
polsha
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20245789_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_3222a43fc58c696d64e411e8b27b88fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, polsha, ukraina, rossiya
dunyoda, polsha, ukraina, rossiya
Polshada qulagan raketa katta ehtimol bilan Ukrainaga tegishli – Duda
19:12 16.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Polsha prezidentining ta’kidlashicha, bu Polshaga qasddan qilingan hujum ekanligiga dalil yo‘q.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Polsha prezidenti Anjey Duda mamlakat hududiga qulagan raketa katta ehtimol bilan Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimiga tegishli ekanligini tan oldi.
“Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi turli yo‘nalishlarda raketalarni uchirdi. Ushbu raketalardan biri Polsha hududiga tushgan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Voqea joyini dastlabki tekshirish shuni ko‘rsatadiki, raketa klassik portlashga yetib bormagan va bu faqat ushbu raketaning qulashi natijasidir”, deb tushuntirdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ehtimol, gap Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan raketa haqida ketmoqda.
“Ehtimol, bu Rossiyada ishlab chiqarilgan, 70-yillarga tegishli S-300 tipidagi raketa bo‘lgan”, dedi siyosatchi.
Dudaning ta’kidlashicha, bu Polshaga qasddan qilingan hujum ekanligiga dalil yo‘q.
U, shuningdek, Varshava rus qo‘shinlari tomonidan raketa uchirilgani haqidagi tasdiqni taqdim eta olmasligini ta’kidladi.
Kecha tunda Polsha OAVlari Ukraina bilan chegaradagi Lyublinsk voyevodasiga ikkita raketa qulagani haqida xabar berdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
AP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bular Rossiya snaradlarini tutib olish uchun uchirilgan Ukraina raketalari bo‘lgan.
Voqeadan so‘ng darhol Polsha Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalar qulaganini ma’lum qildi va elchi idoraga chaqirildi. Shu bilan birga, prezident Anjey Duda hozircha aniq ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Ukraina-Polsha chegarasi hududida hech qanday nishonga zarba bermaganini va Varshavaning Moskvaning ishtiroki haqidagi barcha bayonotlari provokatsiya ekanligini ta’kidladi.
Pentagonning ta’kidlashicha, bu vaziyatda ular taxminlar bilan emas, balki aniqlik kiritish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud faktlar bilan ishlamoqchi. Shu bilan birga, faktlar olinmaguncha, Pentagon NATO Nizomining 5-moddasi (jamoaviy mudofaa to‘g‘risida) qo‘llanilishi haqida gapirmaydi, dedi harbiy departament matbuot kotibi Patrik Rayder.
AQSh prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni G7 va NATO yetakchilarining uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi, shundan so‘ng raketa “trayektoriya jihatidan Rossiyadan uchirilgani dargumon” ekanini aytdi.