Peskov: Polshadagi hodisaga Moskvaning aloqasi yo‘q

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, Polsha darhol gap S-300 ZRM raketasi haqida ketayotganini ochiqlashi mumkin edi
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiyaning Polshadagi “raketa hodisasi”ga aloqasi yo‘q, narsalarni o‘z nomi bilan atash kerak, dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Polshadagi voqeaga kelsak, Rossiyaning bunga aloqasi yo‘q, bu yerda narsalarni o‘z nomi bilan atash kerak”, - dedi Peskov, Kreml sodir bo‘lgan voqealar uchun Rossiyaning bilvosita javobgarligini ko‘raptimi, degan savolga javob berar ekan.

Peskovning ta’kidlashicha, Polsha voqea yuz bergandayoq gap S-300 zenit-raketa majmuasi snaradi haqida ketayotganini ochiqlashi mumkin edi, buning uchun aloqa kanallari ham bor.
“Yo‘q, men bu haqda (Rossiya Federatsiyasi, AQSh va NATO aloqa kanallari ishga solinganmi yoki yo‘q – tahr.) bilmayman, lekin haqiqat shundaki, u yerda keskinlik chiqarishga hech qanday sabab yo‘q edi. Polyaklar gap C-300 raketasining bo‘laklari haqida ketayotganini darhol xabar qilish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi va shunga ko‘ra, barcha mutaxassislar bu Rossiya Qurolli Kuchlariga tegishli raketa emasligini darhol tushunardi”, - deydi Peskov jurnalistlarning Polshadagi voqeadan keyin vaziyat yanada avj olishining oldini olish maqsadida RF, AQSh va NATO aloqa kanallari faollashtirildimi, degan savoliga javob berib.
U Rossiya, AQSh va NATO aloqa kanallariga ega ekanini qo‘shimcha qilgan.
Polsha ommaviy axborot vositalari 15-noyabr kuni kechqurun Polsha hududiga ikkita raketa tushgani haqida xabar berishdi. Ukraina bilan chegaradagi Lyublin voyevodligida ikki kishi halok bo‘ldi. Respublika Tashqi ishlar vazirligi Polshaga qulagan raketa Rossiyada ishlab chiqarilganligini ma’lum qildi. Polsha prezidenti Anjey Duda esa Varshavada kimning raketalari respublika hududiga tushgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘qligini ta’kidladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina-Polsha davlat chegarasi yaqinidagi nishonlarga zarbalar berilmagan va ba’zi e’lon qilingan parchalar suratlarining Rossiya qurollariga aloqasi yo‘q. Polsha ommaviy axborot vositalarining Rossiya raketalari qulagani haqidagi barcha bayonotlari vaziyatni keskinlashtirish uchun ataylab qilingan provokatsiya ekani urg‘ulandi. 16-noyabr kuni RF Mudofaa vazirligi Polsha matbuotida e’lon qilinayotgan raketa parchalari S-300 ZRM snaradiga tegishli ekanini ma’lum qildi.
Harbiy ekspert Aleksey Leonkovning RIA Novostiga aytishicha, Rossiyaning qanotli raketalari Polsha hududiga tushishi mumkin emas, biroq Ukrainaning kutilmaganda ishga tushgan S-300 raketalari u yerga yetishi mumkin.
Pentagonning ta’kidlashicha, bu vaziyatda ular taxminlar bilan emas, balki aniqlik kiritish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud faktlar bilan ishlamoqchi. Shu bilan birga, faktlar olinmaguncha, Pentagon NATO Nizomining 5-moddasi (jamoaviy mudofaa to‘g‘risida) qo‘llanilishi haqida gapirmaydi, dedi harbiy departament matbuot kotibi Patrik Rayder.
AQSh prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni G7 va NATO yetakchilarining uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi, shundan so‘ng raketa “trayektoriya jihatidan bu Rossiyadan uchirilgani dargumon” ekanini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0