https://oz.sputniknews.uz/20221116/britaniyada-yillik-inflyatsiya-1981-yil-rekordini-takrorladi-30033613.html
Britaniyada yillik inflyatsiya 1981-yil rekordini takrorladi
Britaniyada yillik inflyatsiya 1981-yil rekordini takrorladi
Sputnik O‘zbekiston
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi inflyatsiyaning tezlashishiga katta hissa qo‘shgan. 16.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-16T16:25+0500
2022-11-16T16:25+0500
2022-11-16T16:25+0500
dunyoda
buyuk britaniya
inflyatsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/13/22269389_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_3be799b55a4400f99a1af52d94e4aee7.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Oktabr oyida Buyuk Britaniyada yillik inflyatsiya bir oy oldingi 10,1 foizdan 11,1 foizga oshib, 41-yillik rekord darajagacha tezlashdi. Bu haqda Britaniya Milliy statistika burosi (Office for National Statistics, ONS) ma’lumotlari darak bermoqda, deya yozadi RIA Novosti.Hozirgi inflyatsiya 1981-yil oktabr oyida qayd etilgan 11,2 foizlik ko‘rsatkichdan keyin so‘nggi 41-yilda kuzatilgan eng yuqori daraja hisoblanadi.Oktabr oyida Britaniyada iste’mol narxlari 2 foizga oshdi. Sentabrda narxlar 0,5 foizga oshgandi.Daily FX portali so‘rovnomasida ishtirok etgan tahlilchilar yillik inflyatsiya 10,7 foiz, oylik - 1,7 foiz bo‘lishin kutmoqda.Shu bilan birga, CPIH indeksi (uy-joy mulkdorlarining uy-joyni saqlash uchun xarajatlarini hisobga olgan holda inflyatsiya) bir oy oldingi 8,8 foizdan keyin 9,6 foizni tashkil etdi. Oktabr oyida ushbu indeks bo‘yicha narxlar sentabr oyidagi 0,9 foiz o‘rniga 1,6 foizga oshdi.Umuman olganda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi inflyatsiyaning tezlashishiga katta hissa qo‘shdi, transport narxlari (asosan avtomobil yoqilg‘isi va foydalanilgan avtomobillar narxlari) esa umumiy ko‘rsatkichga pasayuvchi ta’sir ko‘rsatdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/13/22269389_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_b71c97fcb8c6d300d3fc9671ddd9db93.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, buyuk britaniya, inflyatsiya
dunyoda, buyuk britaniya, inflyatsiya
Britaniyada yillik inflyatsiya 1981-yil rekordini takrorladi
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi inflyatsiyaning tezlashishiga katta hissa qo‘shgan.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Oktabr oyida Buyuk Britaniyada yillik inflyatsiya bir oy oldingi 10,1 foizdan 11,1 foizga oshib, 41-yillik rekord darajagacha tezlashdi. Bu haqda Britaniya Milliy statistika burosi (Office for National Statistics, ONS) ma’lumotlari darak bermoqda, deya yozadi
RIA Novosti. Hozirgi inflyatsiya 1981-yil oktabr oyida qayd etilgan 11,2 foizlik ko‘rsatkichdan keyin so‘nggi 41-yilda kuzatilgan eng yuqori daraja hisoblanadi.
Oktabr oyida Britaniyada iste’mol narxlari 2 foizga oshdi. Sentabrda narxlar 0,5 foizga oshgandi.
Daily FX portali so‘rovnomasida ishtirok etgan tahlilchilar yillik inflyatsiya 10,7 foiz, oylik - 1,7 foiz bo‘lishin kutmoqda.
Shu bilan birga, CPIH indeksi (uy-joy mulkdorlarining uy-joyni saqlash uchun xarajatlarini hisobga olgan holda inflyatsiya) bir oy oldingi 8,8 foizdan keyin 9,6 foizni tashkil etdi. Oktabr oyida ushbu indeks bo‘yicha narxlar sentabr oyidagi 0,9 foiz o‘rniga 1,6 foizga oshdi.
Umuman olganda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi inflyatsiyaning tezlashishiga katta hissa qo‘shdi, transport narxlari (asosan avtomobil yoqilg‘isi va foydalanilgan avtomobillar narxlari) esa umumiy ko‘rsatkichga pasayuvchi ta’sir ko‘rsatdi.