https://oz.sputniknews.uz/20221115/lavrov-ukraina-muzokaralar-uchun-noadekvat-talablar-qoymoqda-30005036.html
Lavrov: Ukraina muzokaralar uchun noadekvat talablar qo‘ymoqda
Lavrov: Ukraina muzokaralar uchun noadekvat talablar qo‘ymoqda
Sputnik O‘zbekiston
Hamma muammolar Ukraina tomonida, u har qanday muzokaralarni qat’iyan rad etadi va bu vaziyatda noreal shartlarni ilgari suradi, deydi Lavrov. 15.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-15T17:58+0500
2022-11-15T17:58+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
sergey lavrov
olaf shols
emmanuel makron
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0f/30002908_0:0:2697:1518_1920x0_80_0_0_7f19a5f1eda972d099fd5e0191119c02.jpg
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Ukrainadagi vaziyatni hal qilishdagi barcha muammolar noreal shartlarni ilgari surayotgan Kiyevdan kelib chiqadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Indoneziyadagi G20 yig‘ilishidagi matbuot anjumanida ta’kidladi.TIV rahbari sammit doirasida Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan qisqa suhbatlar o‘tkazganini qayd etdi.Uning ta’kidlashicha, nutq 20 daqiqa davom etgan, qolgan ishtirokchilarning har biriga esa qat’iy uch daqiqadan vaqt ajratilgan. Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning murojaati “juda qiziqarli” bo‘lgan. Lavrov aytishiga ko‘ra, Zelenskiyning butun nutqi mohiyatini yagona ibora aks ettiradi. Eslatib o‘tamiz, "Katta yigirmatalik"ning yig‘ilishi 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu yig‘ilishga bormadi. Rossiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda. G20 sammiti ishtirokchilari 16-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv yakunlari bo‘yicha yakuniy deklaratsiyani tasdiqlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20221115/garb-g20-ning-yakuniy-deklaratsiyasini-siyosiylashtirishga-harakat-qildi--lavrov-30002824.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0f/30002908_0:0:2697:2024_1920x0_80_0_0_b60c6e5cb17a771248a91d20352f1029.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, sergey lavrov, olaf shols, emmanuel makron , rossiya
dunyoda, ukraina, aqsh, sergey lavrov, olaf shols, emmanuel makron , rossiya
Lavrov: Ukraina muzokaralar uchun noadekvat talablar qo‘ymoqda
17:58 15.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Hamma muammolar Ukraina tomonida, u har qanday muzokaralarni qat’iyan rad etadi va bu vaziyatda noreal shartlarni ilgari suradi, deydi Lavrov.
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Ukrainadagi vaziyatni hal qilishdagi barcha muammolar noreal shartlarni ilgari surayotgan Kiyevdan kelib chiqadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Indoneziyadagi G20 yig‘ilishidagi matbuot anjumanida
ta’kidladi.
TIV rahbari sammit doirasida Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan qisqa suhbatlar o‘tkazganini qayd etdi.
“Ular Ukraina bu jarayonni sekinlashtirayotganini (hal qilish - tahr.) juda yaxshi biladi. Bu savol bizga yo‘naltirilishi kerak emas. Hamma muammo Ukraina tomonida, ular har qanday muzokaralarni qat’iyan rad etib, bugungi vaziyatda amalga oshirib bo‘lmaydigan shartlarni ilgari surmoqda. Rossiya muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor tasdiqlagan. Kiyev ushbu pozitsiyada qancha uzoq qolsa, kelishish shunchalik qiyin bo‘ladi”, deya davom etdi Rossiya diplomatiyasi rahbari.
“Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning G20 sammitidagi nutqi yozuvda namoyish etildi”, deydi Lavrov.
Uning ta’kidlashicha, nutq 20 daqiqa davom etgan, qolgan ishtirokchilarning har biriga esa qat’iy uch daqiqadan vaqt ajratilgan. Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning murojaati “juda qiziqarli” bo‘lgan.
Lavrov aytishiga ko‘ra, Zelenskiyning butun nutqi mohiyatini yagona ibora aks ettiradi.
“Ushbu nutqning mazmuni va bu odamning bugungi holati uning quyidagi iborasi bilan eng yaxshi tavsiflanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoqchilarning 1944-yilda Normandiyaga desant tushirishi Ikkinchi jahon urushida burilish nuqtasi bo‘lgan. Bundan o‘zingiz xulosa chiqaring", - deb qisqa izoh berdi Lavrov Zelenskiyning nutqiga.
Eslatib o‘tamiz, "Katta yigirmatalik"ning yig‘ilishi 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu yig‘ilishga bormadi. Rossiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda. G20 sammiti ishtirokchilari 16-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv yakunlari bo‘yicha yakuniy deklaratsiyani tasdiqlaydi.