https://oz.sputniknews.uz/20221115/garb-g20-ning-yakuniy-deklaratsiyasini-siyosiylashtirishga-harakat-qildi--lavrov-30002824.html
G‘arb G20 ning yakuniy deklaratsiyasini siyosiylashtirishga harakat qildi – Lavrov
G‘arb G20 ning yakuniy deklaratsiyasini siyosiylashtirishga harakat qildi – Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Federatsiyasi “Katta yigirmatalik”ning yakuniy deklaratsiyasida "Ukraina bo‘yicha pozitsiyalar turlicha" degan ibora qo‘shilishini talab qildi. 15.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-15T16:09+0500
2022-11-15T16:09+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
sergey lavrov
g20
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0f/30002908_0:0:2697:1518_1920x0_80_0_0_7f19a5f1eda972d099fd5e0191119c02.jpg
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. G‘arb “Katta yigirmatalik” (G20) sammitining yakuniy deklaratsiyasini siyosiylashtirishga, unga Rossiyani qoralovchi so‘zlarni kiritishga harakat qildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi “Katta yigirmatalik”ning yakuniy deklaratsiyasida "Ukraina bo‘yicha pozitsiyalar turlicha" degan ibora qo‘shilishini talab qilgan.“G‘arb “biz, ko‘plab delegatsiyalar” Rossiyani qoraladik, degan iborani qo‘shib qo‘ydi. Biz muqobil nuqtayi nazarlar taqdim etilganini qayd etdik. Bizning fikrimizcha, bu ibora masalaga chuqur kirib bormaslik uchun yetarli. Chunki bu G20 ning ishi ham emas”, - degan Lavrov yakuniy brifingda.Ma’lumot uchun, G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0f/30002908_0:0:2697:2024_1920x0_80_0_0_b60c6e5cb17a771248a91d20352f1029.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, sergey lavrov, g20, rossiya
dunyoda, sergey lavrov, g20, rossiya
G‘arb G20 ning yakuniy deklaratsiyasini siyosiylashtirishga harakat qildi – Lavrov
16:09 15.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Rossiya Federatsiyasi “Katta yigirmatalik”ning yakuniy deklaratsiyasida "Ukraina bo‘yicha pozitsiyalar turlicha" degan ibora qo‘shilishini talab qildi.
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. G‘arb “Katta yigirmatalik” (G20) sammitining yakuniy deklaratsiyasini siyosiylashtirishga, unga Rossiyani qoralovchi so‘zlarni kiritishga harakat qildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Ko‘rib chiqilayotgan deklaratsiya muhokama qilingan barcha sohalarni – oziq-ovqat, energetika va sog‘liqni saqlashni qamrab oladi. G‘arblik hamkasblarimiz ushbu deklaratsiyani siyosiylashtirishga har tomonlama harakat qilishdi va Rossiya Federatsiyasining butun G20, ya’ni o‘zimiz nomimizdan ham qoralashni anglatuvchi so‘zlarni kiritishga urinishdi”, - deydi Lavrov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi “Katta yigirmatalik”ning yakuniy deklaratsiyasida "Ukraina bo‘yicha pozitsiyalar turlicha" degan ibora qo‘shilishini talab qilgan.
“G‘arb “biz, ko‘plab delegatsiyalar” Rossiyani qoraladik, degan iborani qo‘shib qo‘ydi. Biz muqobil nuqtayi nazarlar taqdim etilganini qayd etdik. Bizning fikrimizcha, bu ibora masalaga chuqur kirib bormaslik uchun yetarli. Chunki bu G20 ning ishi ham emas”, - degan Lavrov yakuniy brifingda.
Ma’lumot uchun, G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda.