Yer shari aholisi soni 8 milliardga yetdi

© REUTERS / China DailyLyudi otdixayut v basseyne, Kitay
Lyudi otdixayut v basseyne, Kitay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Aholi soni oshishi asosan Hindiston - 177 millionga va Xitoy - 73 million hisobiidan amalga oshgan.
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Yer shari aholisi soni sakkiz milliardga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘z saytida ma’lum qildi.
BMTning tushuntirishicha, bunday dinamikaga Osiyo mintaqasi, xususan, Hindiston va Xitoy hisobidan erishilgan.
“Osiyo va Afrika bu o‘sishning katta qismini ta’minladi va 2037-yilda bu raqamga yana bir milliard qo‘shilishi kutilmoqda, Yevropa hissasi esa aholi sonining qisqarishi tufayli salbiy bo‘lib chiqadi”, deyiladi tashkilot bayonotida.
Hindiston aholisi 177 millionga, Xitoy aholisi esa 73 millionga oshgan. Shu bilan birga, tadqiqotchilar kelajakda Hindistonning dunyo aholisining ko‘payishi jarayonida ulushi faqat ortib borishini ta’kidlayapti. Prognozlarga ko‘ra, 2037-yilga kelib sayyoraga yana bir milliard odam qo‘shiladi.
Shu bilan birga, tashkilot so‘nggi o‘n yillikda bu dinamika sekinlashganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Misrdagi COP27 iqlim konferensiyasining ochilishida global harorat o‘sishining davom etishi tufayli insoniyat iqlimiy tartibsizlikni o‘nglab bo‘lmaydigan nuqtaga yaqinlashayotganini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0