https://oz.sputniknews.uz/20221109/latviyada-sovet-jangchilari-xotirasiga-ornatilgan-alyosha-haykalini-buzish-boshlandi-29837769.html
Latviyada sovet jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan “Alosha” haykalini buzish boshlandi
Latviyada sovet jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan “Alosha” haykalini buzish boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Latviya sharqidagi Rezekne shahrida joylashgan bu haykalni buzishga mahalliy aholi qarshi chiqqan. 09.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-09T20:51+0500
2022-11-09T20:51+0500
2022-11-09T20:51+0500
dunyoda
latviya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29833601_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_a6e3e9925b3fa878448ecef474d5bc33.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Latviyani fashist nemislar istilochilaridan ozod qilgan sovet jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan ham “Alosha” nomi bilan mashhur haykalni buzib tashlash boshlandi. Bu haqda lsm.lv portali xabar bermoqda. Qayd etilishicha, mamlakat sharqidagi Rezekne shahrida joylashgan bu haykalni buzish ishlari mahalliy vaqt bilan 5:00 da boshlangan va soat 8:30 larda sovet askari postamentdan olingan. Yodgorlik atrofi o‘rab qo‘yilgan va uning oldida politsiyachilar navbatchilik qilishmoqda.Portal xabariga ko‘ra, Rezekne meri Aleksandr Bartashevich avvalroq u “Alosha”ni buzib tashlash bu haykalni tahqirlash ekani va uni to‘xtatib qolishga ojizligini aytgan. Bundan tashqari, Bartashevich bu davlatning katta xatosi ekanini ta’kidlagan. Mer aholining aksariyat qismi bu qarorni qo‘llamasligini bildirgan.“Alosha” monumenti 1976-yilda o‘rnatilgandi, uning mualliflari latviyalik haykaltaroshlar Otto Kaleys i Oyars Silinsh hamda me’mor Elmar Salguss bo‘lgan.Latviya parlamenti avvalroq Rossiya bilan sovet jangchilari haykallarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi shartnoma moddasining amal qilishini to‘xtatgan edi. Bu Riga xaloskorlari haykalini buzishga imkon bergandi. 9-may G‘alaba kuni Rigada aholi Xaloskorlar haykali oldiga gul keltirdi. 10-may kuni ertalab Latviya IIV rahbarining buyrug‘i bilan traktor keltirilgan gullarni to‘plab olib ketgandi.Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Latviya, Litva va Estoniyada davlat darajasida sovet harbiy-yodgorlik merosini vayron qilish to‘g‘risidagi qarorlarga munosabat bildirib, shunga o‘xshash Rossiyaga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar neonatsizmning ko‘rinishini ekanini ta’kidlagandi.
https://oz.sputniknews.uz/20221031/latviya-29613690.html
latviya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29833601_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_263bf86470b94b94d62d4b3e31e682b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, latviya
Latviyada sovet jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan “Alosha” haykalini buzish boshlandi
Latviya sharqidagi Rezekne shahrida joylashgan bu haykalni buzishga mahalliy aholi qarshi chiqqan.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Latviyani fashist nemislar istilochilaridan ozod qilgan sovet jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan ham “Alosha” nomi bilan mashhur haykalni buzib tashlash boshlandi. Bu haqda lsm.lv portali
xabar bermoqda. Qayd etilishicha, mamlakat sharqidagi Rezekne shahrida joylashgan bu haykalni buzish ishlari mahalliy vaqt bilan 5:00 da boshlangan va soat 8:30 larda sovet askari postamentdan olingan. Yodgorlik atrofi o‘rab qo‘yilgan va uning oldida politsiyachilar navbatchilik qilishmoqda.
Portal xabariga ko‘ra, Rezekne meri Aleksandr Bartashevich avvalroq u “Alosha”ni buzib tashlash bu haykalni tahqirlash ekani va uni to‘xtatib qolishga ojizligini aytgan. Bundan tashqari, Bartashevich bu davlatning katta xatosi ekanini ta’kidlagan. Mer aholining aksariyat qismi bu qarorni qo‘llamasligini bildirgan.
“Alosha” monumenti 1976-yilda o‘rnatilgandi, uning mualliflari latviyalik haykaltaroshlar Otto Kaleys i Oyars Silinsh hamda me’mor Elmar Salguss bo‘lgan.
Latviya parlamenti avvalroq Rossiya bilan sovet jangchilari haykallarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi shartnoma moddasining amal qilishini to‘xtatgan edi. Bu Riga xaloskorlari haykalini buzishga imkon bergandi. 9-may G‘alaba kuni Rigada aholi Xaloskorlar haykali oldiga
gul keltirdi. 10 may kuni ertalab Latviya IIV rahbarining buyrug‘i bilan traktor keltirilgan gullarni to‘plab olib ketgandi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Latviya, Litva va Estoniyada davlat darajasida sovet harbiy-yodgorlik merosini vayron qilish to‘g‘risidagi qarorlarga munosabat bildirib, shunga o‘xshash Rossiyaga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar neonatsizmning ko‘rinishini ekanini ta’kidlagandi.