Latviyada sovet xotira yodgorligi buzilishiga qarshi chiqqan 37 kishi hibsga olindi

CC BY 4.0 / Jurijs Nikolajevs / Daugavpils cietokšņa apbūve Imperatora ielā / Ulitsa v gorode Daugavpilse, Latviya. Arxivnoe foto
Ulitsa v gorode Daugavpilse, Latviya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
31 oktabrga o‘tar kechasi Daugavpils shahridagi sovet jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik buzib tashlandi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Latviyaning Daugavpils shahridagi sovet jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik buzib tashlandi. Bu haqda LSM portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, dam olish kunlari shahar aholisi yodgorlikka gul qo‘yish va u bilan suratga tushishga kelgan. Uni buzish uchun maxsus texnika kelganda odamlar qarshilik ko‘rsata boshlagan. Mahalliy politsiya norozilik namoyishi natijasida 37 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Latviya parlamenti avvalroq Rossiya bilan sovet jangchilari haykallarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi shartnoma moddasining amal qilishini to‘xtatgan edi. Bu Riga xaloskorlari haykalini buzishga imkon bergandi. 9-may G‘alaba kuni Rigada aholi Xaloskorlar haykali oldiga gul keltirdi. 10 may kuni ertalab Latviya IIV rahbarining buyrug‘i bilan traktor keltirilgan gullarni to‘plab olib ketgandi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Latviya, Litva va Estoniyada davlat darajasida sovet harbiy-yodgorlik merosini vayron qilish to‘g‘risidagi qarorlarga munosabat bildirib, shunga o‘xshash Rossiyaga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar neonatsizmning ko‘rinishini ekanini ta’kidlagandi.
Yangiliklar lentasi
0