https://oz.sputniknews.uz/20221109/buxoroda-yandex-goning-etkazib-berish-xizmati-ishga-tushirildi-29843020.html
Buxoroda “Yandex Go”ning yetkazib berish xizmati ishga tushirildi
Buxoroda “Yandex Go”ning yetkazib berish xizmati ishga tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Yandex Go" orqali yetkazib berish mumkin shaharlar oltitaga yetdi. 09.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-09T18:32+0500
2022-11-09T18:32+0500
2022-11-09T18:32+0500
jamiyat
buxoro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29842861_0:207:2909:1843_1920x0_80_0_0_860b33b2a6f8dd1437b11f244bd1c03d.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Buxoro aholisi uchun “Yandex Go” ilovasida yetkazib berish xizmati (Yandex Delivery) ishga tushirilda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.Masalan, siz undan sovg‘a yuborish, do‘kondan xarid qilish yoki restorandan buyurtma berish uchun foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, tadbirkorlar “Yandeks” kuryerlari orqali shahar ichidagi mijozlarga buyurtma yuborishlari mumkin.“Yandex Go”da “Yetkazib berish” tarifini tanlab, kuryerni chaqirishingiz mumkin. Buyurtmaning narxi masofa va tirbandlikdan kelib chiqqan holda oldindan belgilanadi. Kuryer bir necha daqiqa ichida avtomatik ravishda tayinlanadi.Yuboruvchi o‘z manzili va aloqa ma’lumotlarini, shuningdek, oluvchining manzili va aloqalarini ko‘rsatishi kerak. Shundan so‘ng, qabul qiluvchiga yetkazib berishni kuzatish uchun kartaga havola ko‘rsatilgan SMS keladi, jo‘natuvchi esa “Yandex Go” orqali jarayonni kuzatishi mumkin.Posilkani mashinaga olib kelish va haydovchiga topshirish kerak bo‘ladi, qabul qiluvchi esa tashqariga chiqishi, xizmat haqini to‘lashi va uni olib ketishi kerak. Shuningdek, siz “Eshikdan eshikgacha” variantini tanlashingiz mumkin, shunda kuryerning o‘zi tovarlarni manzil bo‘yicha oladi va uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiluvchiga yetkazib beradi.Yuk tashishdan oldin tovarlar konvert, sumka yoki qutiga solingan bo‘lishi kerak. Posilka avtomobil yukxonasiga sig‘ishi va og‘irligi 20 kg dan oshmasligi zarur.Yetkazib berish xizmatlari tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan professional kuryerlar tomonidan amalga oshiriladi. “Yetkazib berish” tarifi bo‘yicha ishlayotgan avtomashinada faqat haydovchi harakatlanishi mumkin.Yandex 2020-yilning bahorida O‘zbekistonda kuryerlik yetkazib berish xizmatini ishga tushirgandi. Hozirda “Yandex Delivery” oltita shaharda – Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoroda ishlayapti.
https://oz.sputniknews.uz/20221024/yandex-go-xizmati-ozbekistonning-yana-uchta-shahrida-ishga-tushadi-29435908.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29842861_89:0:2820:2048_1920x0_80_0_0_773c9554182a34a508222861cd541923.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, buxoro
Buxoroda “Yandex Go”ning yetkazib berish xizmati ishga tushirildi
O‘zbekistonda “Yandex Go" orqali yetkazib berish mumkin shaharlar oltitaga yetdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Buxoro aholisi uchun “Yandex Go” ilovasida yetkazib berish xizmati (Yandex Delivery) ishga tushirilda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Masalan, siz undan sovg‘a yuborish, do‘kondan xarid qilish yoki restorandan buyurtma berish uchun foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, tadbirkorlar “Yandeks” kuryerlari orqali shahar ichidagi mijozlarga buyurtma yuborishlari mumkin.
“Yandex Go”da “Yetkazib berish” tarifini tanlab, kuryerni chaqirishingiz mumkin. Buyurtmaning narxi masofa va tirbandlikdan kelib chiqqan holda oldindan belgilanadi. Kuryer bir necha daqiqa ichida avtomatik ravishda tayinlanadi.
Yuboruvchi o‘z manzili va aloqa ma’lumotlarini, shuningdek, oluvchining manzili va aloqalarini ko‘rsatishi kerak. Shundan so‘ng, qabul qiluvchiga yetkazib berishni kuzatish uchun kartaga havola ko‘rsatilgan SMS keladi, jo‘natuvchi esa “Yandex Go” orqali jarayonni kuzatishi mumkin.
Posilkani mashinaga olib kelish va haydovchiga topshirish kerak bo‘ladi, qabul qiluvchi esa tashqariga chiqishi, xizmat haqini to‘lashi va uni olib ketishi kerak. Shuningdek, siz “Eshikdan eshikgacha” variantini tanlashingiz mumkin, shunda kuryerning o‘zi tovarlarni manzil bo‘yicha oladi va uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiluvchiga yetkazib beradi.
Yuk tashishdan oldin tovarlar konvert, sumka yoki qutiga solingan bo‘lishi kerak. Posilka avtomobil yukxonasiga sig‘ishi va og‘irligi 20 kg dan oshmasligi zarur.
Yetkazib berish xizmatlari tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan professional kuryerlar tomonidan amalga oshiriladi. “Yetkazib berish” tarifi bo‘yicha ishlayotgan avtomashinada faqat haydovchi harakatlanishi mumkin.
Yandex 2020-yilning bahorida O‘zbekistonda kuryerlik yetkazib berish xizmatini ishga tushirgandi. Hozirda “Yandex Delivery” oltita shaharda – Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoroda ishlayapti.