“Yandex Go” xizmati O‘zbekistonning yana uchta shahrida ishga tushadi

© Foto: Press-slujba Yandex GoYandex Go v Buxare
Yandex Go v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
Yaqin oylarda Nukus, Qarshi va Urganch shaharlari aholisi “Yandex Go” xizmatidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. “Yandex Go” tez orada o‘z xizmatini O‘zbekistonning yana uchta shahrida yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Samarqanddagi “ICTWeek 2022” doirasida kompaniyaning MDHda rivojlanish bo‘yicha direktori Kirill Svinsov ma’lum qildi.
O‘zbekiston bozorida 2018-yilda ishga tushirilgan “Yandex Go” xizmati hozirda mamlakatning 8 ta shahrida mavjud.
“Biz yangi shaharlarda sayohat qilishning arzon va qulay usulini ishga tushirishda davom etamiz. Yaqin oylarda Nukus, Qarshi va Urganch shaharlari aholisi bizning ilovamizdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi” - dedi Svinsov.
Ta’kidlanishicha, kompaniya xizmat haydovchilar va foydalanuvchilar uchun o‘zining xavfsizlik texnologiyalari ustida ishlashda davom etadi. Joriy yilning yoz boshida buyurtmalar bo‘yicha tezlikni avtomatik nazorat qilish xizmati ishga tushirildi.
Haydovchi servis buyurtmasini bajarganida, texnologiya uning yo‘lini kuzatish va harakat tezligini aniqlash uchun GPS`dan foydalanadi.

Mavzuga oid:

Qo‘qonda "Yandex Go" xizmati ishga tushdi
Buxoroda "Yandex Go" xizmati ishga tushdi
Andijonda “Yandex Go” taksi xizmati ishga tushdi
"Yandeks. Taksi" O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlamoqda
Yangiliklar lentasi
0