Lavrov: Rossiya va Hindiston tez orada o‘zaro tovar aylanmasini 30 mlrd dollarga yetkazadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID RF i Indii S. Lavrova i S. Djayshankara
Vstrecha glav MID RF i Indii S. Lavrova i S. Djayshankara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 130 foizdan ko‘proqqa o‘sib, qariyb 17 milliard dollarni tashkil etgan.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya va Hindiston tez orada savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazish maqsadiga erishadi, hozir bu ko‘rsatkich qariyb 17 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Biz o‘zaro tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qarshiladik. Sentabr oyiga kelib tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 130 foizdan ko‘proq o‘sib, qariyb 17 milliard dollarni tashkil etdi. Rahbarlarimiz oldiga qo‘ygan maqsad – tovar ayirboshlash hajmini 30 milliardga yetkazish tez orada amalga oshishiga ishonchimiz komil”, - dedi u Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.

Yangiliklar lentasi
0