Is gazidan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2022
Obuna bo‘lish
Shifokor is gazidan zaharlangan bemorga birinchi navbatda qanday yordam ko‘rsatish kerakligini batafsil tushuntirdi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov is gazidan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatilishi haqida ma’lumot berdi.
“Is gazidan jabrlangan insonga tezda birinchi yordam ko‘rsatish kerak, — deydi shifokor. — Sababi bu paytda bemor hayoti qil ustida bo‘lib, har bir soniya qadrli. Salgina e’tiborsizlik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”.
Buning uchun birinchi navbatda tez yordamga murojaat qilish, shifokor kelguniga qadar jabrlanuvchini zudlik bilan zararlangan hududdan toza havoga olib chiqish zarur.
Shuningdek, quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
bemorning qo‘l va oyoqlarini ko‘targan holatda yotqizish;
nafas olishiga xalaqit beruvchi tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish;
jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish;
til orqaga ketib qolishining oldini olish uchun uni yonbosh bilan yotqizish;
nafasni stimullash, ko‘krak qafasini artish, oyoq va qo‘llarni isitish;
novshadil spirti hidlatish;
hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish;
bemorning holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy ichirish;
og‘ir darajadagi zaharlanish holatlarida jabrlanuvchiga tibbiyot xodimlari kelguniga qadar og‘izdan og‘izga nafas, yurak yopiq massajini bajarish.
“Unutmang, is gazidan zaharlangan odamni yurgizish mumkin emas. Bemor ko‘rinishidan qoniqarli ahvolda bo‘lsa ham, uni shifokor ko‘rishi shart. Sababi har doim ham kasallik belgilariga asoslanib, haqiqiy zaharlanish darajasini aniqlab bo‘lmasligi mumkin”, - deydi Alimov.
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Is gazining kam miqdori ham organizmni zaharlash uchun yetarli - mutaxassis fikri
Yangiliklar lentasi
0