https://oz.sputniknews.uz/20221103/patrushev-garbning-eng-xavfli-qurolini-aytdi-29716103.html
Patrushev G‘arbning eng xavfli qurolini aytdi
Patrushev G‘arbning eng xavfli qurolini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri sovet xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabadagi rolini pasaytirish maqsadida shunday ishlarni amalga oshirmoqda... 03.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-03T19:51+0500
2022-11-03T19:51+0500
2023-04-05T18:41+0500
g‘arb
sssr
markaziy osiyo
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/247/65/2476541_0:61:2793:1632_1920x0_80_0_0_e11fccea5a56191733dac291385c870b.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Tarixni soxtalashtirishga urinishlar G‘arb MDH davlatlariga qarshi qo‘llayotgan gibrid vositalar arsenalining o‘ta xavfli tahdidiga aylandi, deydi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.Uning fikricha, G‘arb haqiqatda Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri sovet xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabadagi rolini pasaytirish maqsadida shunday ishlarni amalga oshirmoqda.Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning G‘arb ta’siri doirasida uzoq muddatli mustahkamlanishi uchun asosiy ulush neonatsist kuchlariga qaratildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/247/65/2476541_62:0:2793:2048_1920x0_80_0_0_3d0415f423b07ddeb4983a0269df8ccc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
g‘arb, sssr, markaziy osiyo, rossiya
g‘arb, sssr, markaziy osiyo, rossiya
Patrushev G‘arbning eng xavfli qurolini aytdi
19:51 03.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) G‘arb Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri sovet xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabadagi rolini pasaytirish maqsadida shunday ishlarni amalga oshirmoqda, deydi Patrushev.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Tarixni soxtalashtirishga urinishlar G‘arb MDH davlatlariga qarshi qo‘llayotgan gibrid vositalar arsenalining o‘ta xavfli tahdidiga aylandi,
deydi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.
“Tarixni soxtalashtirish va fashizmni qayta tiklashga urinishlar G‘arb gibrid vositalari arsenalining o‘ta xavfli tahdididir”, - dedi Patrushev MDH davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ilishida.
Uning fikricha, G‘arb haqiqatda Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri sovet xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabadagi rolini pasaytirish maqsadida shunday ishlarni amalga oshirmoqda.
“MDH mamlakatlari uchun Vashington tomonidan moliyalashtirilgan darsliklar va o‘quv kurslari SSSR tarixi, Rossiyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarining rivojlanishidagi roli haqida o‘ta noto‘g‘ri tushuncha beradi. Biz buni tushunamiz va MDH doirasidagi gumanitar hamkorlikni, jumladan, umumiy madaniy-tarixiy meros va gumanitar qadriyatlarni asrab-avaylash masalalarini birgalikda rivojlantirish niyatidamiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning G‘arb ta’siri doirasida uzoq muddatli mustahkamlanishi uchun asosiy ulush neonatsist kuchlariga qaratildi.