Rossiya Hindistonga eng yirik neft yetkazib beruvchiga aylandi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishNeftanoy tanker Calida na reyde v Semesskoy buxte.
Neftanoy tanker Calida na reyde v Semesskoy buxte. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Hindiston dengiz orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftini import qilish bo‘yicha birinchi marta Yevropa Ittifoqini ortda qoldirdi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Rossiya joriy yilning oktabr oyida Hindistonga neft yetkazib berish bo‘yicha an’anaviy yetakchi davlatlar Saudiya Arabistoni va Iroqni ortda qoldirib, yetakchiga aylandi. Bu haqda RIA Novosti "Vortexa" tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga tayangan holda yozmoqda.
“Oktabr oyida Rossiya Hindistonga kuniga 946 ming barrel neft yetkazib bergan va bu bir oy ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich yoki Hindiston xom neft importining 22 foizini tashkil etdi Shu bilan birga, oktabrdagi yetkazib berilgan neftning 20,5 foizi Iroq, 16 foizi Saudiya Arabistoni hissasiga to‘g‘ri keldi”, - deyiladi xabarda.
Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, Hindistonning xom neft importi oktabr oyida sentabrga qaraganda 5 foizga, Rossiyadan import esa 8 foizga o‘sgan. Shu bilan birga, Hindiston dengiz orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftini import qilish bo‘yicha birinchi marta Yevropa Ittifoqini ortda qoldirdi. Mamlakat Rossiyadan YeIga qaraganda 34 foiz ko‘p “qora oltin” sotib olgan. Bu boradagi yaqqol peshqadam kuniga million barreldan ko‘p import qiladigan Xitoy hisoblanadi.
Shu bilan birga, tahlilchilar G‘arb tomonidan Rossiya xomashosi uchun taklif qilingan yuqori narx bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yetkazib berishdagi cheklovlar tufayli dekabr oyida Rossiyadan Hindistonga neft importining qisqarishi mumkinligini inkor etmayapti.
“5 dekabrda Yevropa Ittifoqining cheklovlari kuchga kirganda Rossiya neft ta’minotini shu darajada ushlab turish mumkinmi degan katta noaniqlik saqlanib qolmoqda, Rossiyaning Boltiqbo‘yi portlaridan neftni tashish uchun muz sinfidagi tankerlarning yetarli bo‘lishi eng katta cheklovlardan biri hisoblanadi”, - deydi tahlilchi Serena Xuang.
Turkiya Rossiya neftini G‘arb ishtirokisiz sotib olishi mumkin
Oktabr oyi boshida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning sakkizinchi paketini qabul qildi. U Rossiya neftini dengiz orqali uchinchi davlatga yetkazib berish uchun yuqori narx belgilash uchun qonuniy asoslarni ham o‘ziga olgandi.
2022 yil 5-dekabrdan neftga, 2023-yil 5-fevraldan esa neft mahsulotlariga yuqori narx joriy etilishi rejalashtirilgan. Gaz narxining yuqori chegarasini joriy etish hali ham muhokama qilinmoqda va bu borada hali kelishuvga erishilmagan.
G‘arbda neft uchun yuqori narx belgilash yozda AQSh tashabbusi bilan boshlandi. Amerika Moliya vazirligi bir barrel neft uchun 40-60 dollar atrofida narx belgilashni taklif qildi. Endilikda “Bloomberg” agentligining manbalarga tayanib yozishicha, prezident Jo Bayden ma’muriyati yuqori narxni oshirish shartlarini ko‘rib chiqapti. Agentlik, shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqi kutilganidan yuqori narx bilan erkinroq boshqariladigan cheklovlarni joriy etishi mumkinligini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0