Oktabrda inflyatsiya 1,2 foizni tashkil etdi

© Pixabay / Alexas_FotosKorzina v supermarkete
Korzina v supermarkete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2022
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi iste’mol bozoridagi narxlar o‘rtacha qancha oshganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston iste’mol bozoridagi narxlarning o‘rtacha darajasi 1,2 foizga oshdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
O‘tgan 9 oy davomida iste’mol bozorida narxlarning o‘sish sur’ati 9,4 foizga yetgan, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 0,9 foizni tashkil etgan. Yillik nisbatda iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 12,2 foiz bo‘lgan.
Joriy yilning oktabrida oziq-ovqat mahsulotlari o‘tgan yilning oxiriga nisbatan (11,5 foiz) narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolgan va ular narxlarining yanvar-oktabrdagi o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 1,1 foizni tashkil etgan.
Oylik nisbatda narxlar oshishi bo‘yicha sut, boshqa sut mahsulotlari va tuxum (4,2 foiz) sezilarli ustunlik bilan yetakchilik qildi. Narxlar oshishi bo‘yicha keyingi o‘rinlar sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkalilar (1,5 foiz), go‘sht mahsulotlariga (1,2 foiz) tegishli.
Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari ushbu davrda 8,9 foizga oshgan, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,9 foizni tashkil etdi. Xizmatlar narxlarining o‘sish sur’ati yilning yanvar-oktabrida 6,4 foizga yetdi va o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,6 foizni tashkil etgan.
Narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilik xizmatlarga tegishli bo‘lib, oktabr oyi davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,5 foizga ko‘tarilgan.
Yangiliklar lentasi
0