https://oz.sputniknews.uz/20221028/nima-uchun-aynan-rishi-sunak-britaniya-bosh-vaziri-kursisiga-otqazildi--29555563.html
Nima uchun aynan Rishi Sunak Britaniya bosh vaziri kursisiga o‘tqazildi?
Nima uchun aynan Rishi Sunak Britaniya bosh vaziri kursisiga o‘tqazildi?
Sputnik O‘zbekiston
Rishi Sunakning Britaniya bosh vaziri kursisiga o‘tirishi kimgadir tasodifdek ko‘rinsa ham, mutaxassislar buni muayan maqsadni ko‘zlab qilingan siyosiy qadam... 28.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-28T21:15+0500
2022-10-28T21:15+0500
2022-10-28T22:36+0500
analitika
britaniya
hindiston
bosh vazir
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/19/29452445_0:0:3001:1688_1920x0_80_0_0_b742d8434e7753c4b041afaff265be0d.jpg
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. O‘zlarining an’analarga sodiqligi bilan dunyoga tanilgan Britaniya konservatorlari nima sababdan Rishi Sunakni bosh vazir etib saylashdi?Axir shu vaqtga qadar kelib chiqishi boshqa millatdan bo‘lgan kishi bu lavozimni egallamagan edi. Vaziyatning yana bir tomoni sobiq mustamlaka yurtdan bo‘lgan kishi “imperiya”ning bosh lavozimiga saylandi. Nahotki bu mumkin bo‘lsa? Yana Britaniyada?Ushbu savolga javob izlagan RIA Novosti kolumnisti Aleksandr Xabarov, qiziq xulosaga kelgan.Birinchidan, oddiy britaniyaliklarning ko‘pchilligi Rishi Sunak nomzodini ma’qullamaydilar. Shu sababdan ham bosh vazirlikning birinchi kunidan boshlab uning ustidan turli kinoya va istehzolar boshlandi. Mahalliy OAVlarda unga turli laqblar ham qo‘yishdi. Ular orasida “saylanmagan”, “yelizavetaning v.b.” va hokazolar bor.Ikkinchidan Rishi Sunak nomzodi hatto yaqin va qadrdon hamkor AQSh tomonidan ham unchalik jiddiy qabul qilinmagan. Bunga prezident Bayden uning ismini ham buzib aytishidan tushunsa bo‘ladi.Uchinchidan, Rishi Sunak tarixda eng kam ovoz bilan bosh vazir kusisiga o‘tirgan amaldor bo‘ldi Unng uchun faqatgina 193 deputat ovoz bergan. Ha, ha 46 million aholining o‘rniga aynan mana shu bir to‘da odamlar.Xullas, Rishi Sunakning Britaniya bosh vaziri kursisiga o‘tirishi kimgadir tasodifdek ko‘rinsa ham, biror maqsad yo‘lida ataylab qilingan ishdek ko‘rinadi.Brexit, Boris Jonson va Liz Trasslarning palapartish siyosati Britaniya hukumatining deyarli iqtisodiy inqiroz yoqasiga olib keldi, energiya manbaalari narxi osmonda, qishda nima bo‘lishini hali hech kim bilmaydi. Rishi Sunak o‘z ishbilarmonlik qobiliyati va moliyaviy bilimlari asosida hukumatni iqtisodiy inqirozdan olib chiqishi, energiya manbaalari narxini tushirishi kerak. Bu juda qiyin ish va uning muvaffaqiyat bilan yakunlanish ehtimoli juda kam. Lekin Sunak buning biror chorasini topishi kerak, hatto o‘zining va badavlat qarindoshlarining barcha pulini tiksa ham.Britaniyaning sobiq koloniyasi, Hindiston so‘nggi yillarda AQSh va G‘arb davlatlaridan ko‘ra ko‘proq Rossiya bilan hamkorlik qilishni ma’qul ko‘rmoqda. Jumladan Rossiyadan ko‘proq qurol sotib olmoqda va Rossiya energiya tashuvchilarini reeksport qiluvchi eng yirik hamkorga aylangan. Kelib chiqishi hind bo‘lgan bosh vazir Hindiston bilan yaqinroq til topishga yordam berishi mumkin. Britaniya lordlarining hisob-kitobi naqadar to‘g‘ri ekanini vaqt ko‘rsatadi, lekin Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Sunakni birinchilardan bo‘lib tabrikladi.Bugun esa Britaniya tashqi ishlar vaziri Djeyms Kleverli Hindistonga uchib keldi.“Bizning Hindiston bilan munosabatlarimiz juda muhim; dunyodagi eng yirik demokratik davlatlardan biri bo‘lgan Hindiston bizning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi tabiiy hamkorimizdir”, - dedi Kleverli.Hind-Tinch okeani mintaqasida hamkorlik, yana qayerdadir ushbu iborani eshigandek bo‘luvdik... Ha, AQSh, Britaniya va Avstraliya ishtirokida tuzilgan harbiy texnik alyans – AUKUS. Uning asosiy vazifasi Janubiy Yarim sharda dengizlar orqali o‘tgan dunyo savdo yo‘llarini nazorat ostiga olish, Xitoy rivojlanishini cheklash va ho kazo (Dengiz NATOsi) . Bugungi bosqichda AUKUSga Hidistondek kuchli (va Xitoy bilan qandaydir ma’noda raqobatdosh bo‘lgan) hamkor davlat uchun ayni muddao bo‘lardi.Albatta agar Hindiston rahbarlari ushbu alyansga kirishga ko‘nsa. Bu ishni amalga oshirish uchun esa siyosiy qarashlari Boris Jonsondek, tashqi ko‘rinishi hind bo‘lgan Rishi Sunakdan ko‘ra ideal nomzod bo‘lmasa kerak. Puxta inglizlar, hammasini hisobga olgan ko‘rinadi. O‘yin davom etmoqda...
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/19/29452445_155:0:2822:2000_1920x0_80_0_0_f3ac368b31df72c6ca1786336a9ac52a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, britaniya, hindiston, bosh vazir, siyosat
analitika, britaniya, hindiston, bosh vazir, siyosat
Nima uchun aynan Rishi Sunak Britaniya bosh vaziri kursisiga o‘tqazildi?
21:15 28.10.2022 (yangilandi: 22:36 28.10.2022) Rishi Sunakning Britaniya bosh vaziri kursisiga o‘tirishi kimgadir tasodifdek ko‘rinsa ham, mutaxassislar buni muayan maqsadni ko‘zlab qilingan siyosiy qadam deyishmoqda.
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. O‘zlarining an’analarga sodiqligi bilan dunyoga tanilgan Britaniya konservatorlari nima sababdan Rishi Sunakni bosh vazir etib saylashdi?
Axir shu vaqtga qadar kelib chiqishi boshqa millatdan bo‘lgan kishi bu lavozimni egallamagan edi. Vaziyatning yana bir tomoni sobiq mustamlaka yurtdan bo‘lgan kishi “imperiya”ning bosh lavozimiga saylandi. Nahotki bu mumkin bo‘lsa? Yana Britaniyada?
Ushbu savolga javob izlagan RIA Novosti kolumnisti Aleksandr Xabarov, qiziq xulosaga kelgan.
Birinchidan, oddiy britaniyaliklarning ko‘pchilligi Rishi Sunak nomzodini ma’qullamaydilar. Shu sababdan ham bosh vazirlikning birinchi kunidan boshlab uning ustidan turli kinoya va istehzolar boshlandi. Mahalliy OAVlarda unga turli laqblar ham qo‘yishdi. Ular orasida “saylanmagan”, “yelizavetaning v.b.” va hokazolar bor.
Ikkinchidan Rishi Sunak nomzodi hatto yaqin va qadrdon hamkor AQSh tomonidan ham unchalik jiddiy qabul qilinmagan. Bunga prezident Bayden uning ismini ham buzib aytishidan tushunsa bo‘ladi.
Uchinchidan, Rishi Sunak tarixda eng kam ovoz bilan bosh vazir kusisiga o‘tirgan amaldor bo‘ldi Unng uchun faqatgina 193 deputat ovoz bergan. Ha, ha 46 million aholining o‘rniga aynan mana shu bir to‘da odamlar.
Xullas, Rishi Sunakning Britaniya bosh vaziri kursisiga o‘tirishi kimgadir tasodifdek ko‘rinsa ham, biror maqsad yo‘lida ataylab qilingan ishdek ko‘rinadi.
Xo‘sh, bu qanday maqsad bo‘lishi mumkin? Milliarderning o‘g‘li, moliya mutaxassisi kelib chiqishi hindistonlik Rishi Sunak Britaniya hukumatiga nima uchun kerak?
Brexit, Boris Jonson va Liz Trasslarning palapartish siyosati Britaniya hukumatining deyarli iqtisodiy inqiroz yoqasiga olib keldi, energiya manbaalari narxi osmonda, qishda nima bo‘lishini hali hech kim bilmaydi.
Rishi Sunak o‘z ishbilarmonlik qobiliyati va moliyaviy bilimlari asosida hukumatni iqtisodiy inqirozdan olib chiqishi, energiya manbaalari narxini tushirishi kerak. Bu juda qiyin ish va uning muvaffaqiyat bilan yakunlanish ehtimoli juda kam. Lekin Sunak buning biror chorasini topishi kerak, hatto o‘zining va badavlat qarindoshlarining barcha pulini tiksa ham.
Britaniyaning sobiq koloniyasi, Hindiston so‘nggi yillarda AQSh va G‘arb davlatlaridan ko‘ra ko‘proq Rossiya bilan hamkorlik qilishni ma’qul ko‘rmoqda. Jumladan Rossiyadan ko‘proq qurol sotib olmoqda va Rossiya energiya tashuvchilarini reeksport qiluvchi eng yirik hamkorga aylangan. Kelib chiqishi hind bo‘lgan bosh vazir Hindiston bilan yaqinroq til topishga yordam berishi mumkin.
Britaniya lordlarining hisob-kitobi naqadar to‘g‘ri ekanini vaqt ko‘rsatadi, lekin Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Sunakni birinchilardan bo‘lib tabrikladi.
“Rishi Sunak bilan suhbatlashganimdan va uni Buyuk Britaniya Bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabriklaganimdan xursandman. Biz har tomonlama strategik sherikligimizni mustahkamlash yo‘lida birgalikda harakat qilamiz. Biz, shuningdek, imkon qadar tezroq barcha jabhalarni qamrab oluvchi erkin savdo to‘g‘risidagi keng ko‘lamli shartnomasiga erishish muhimligi haqida kelishib oldik”, - dedi Modi suhbatdan so‘ng.
Bugun esa Britaniya tashqi ishlar vaziri Djeyms Kleverli Hindistonga uchib keldi.
“Bizning Hindiston bilan munosabatlarimiz juda muhim; dunyodagi eng yirik demokratik davlatlardan biri bo‘lgan Hindiston bizning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi tabiiy hamkorimizdir”, - dedi Kleverli.
Hind-Tinch okeani mintaqasida hamkorlik, yana qayerdadir ushbu iborani eshigandek bo‘luvdik... Ha, AQSh, Britaniya va Avstraliya ishtirokida tuzilgan harbiy texnik alyans – AUKUS. Uning asosiy vazifasi Janubiy Yarim sharda dengizlar orqali o‘tgan dunyo savdo yo‘llarini nazorat ostiga olish, Xitoy rivojlanishini cheklash va ho kazo (Dengiz NATOsi) . Bugungi bosqichda AUKUSga Hidistondek kuchli (va Xitoy bilan qandaydir ma’noda raqobatdosh bo‘lgan) hamkor davlat uchun ayni muddao bo‘lardi.
Albatta agar Hindiston rahbarlari ushbu alyansga kirishga ko‘nsa. Bu ishni amalga oshirish uchun esa siyosiy qarashlari Boris Jonsondek, tashqi ko‘rinishi hind bo‘lgan Rishi Sunakdan ko‘ra ideal nomzod bo‘lmasa kerak. Puxta inglizlar, hammasini hisobga olgan ko‘rinadi. O‘yin davom etmoqda...