Xitoy nashri oktabrdan so‘ng Yevropada nimalar bo‘lishini bashorat qildi

© Sputnik / Sergey MelkonovFlag Yevrosoyuza
Flag Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Isitish mavsumi boshlanganda Yevropa Ittifoqi haqiqiy sinovlarga duch keladi - “Xuansyu Shibao”.
TOShKENT, 26 okt - Sputnik Xitoyning “Xuansyu Shibao” gazetasi sharhlovchisi Chjen Taoning yozishicha, isitish mavsumi boshlanganda Yevropa Ittifoqi haqiqiy sinovlarga duch keladi
“Yevrohudud iqtisodiyoti istiqbollari yanada qorong‘ulashib bormoqda, oktabrdan so‘ng boshlanadigan isitish mavsumi haqiqiy sinov bo‘ladi. Bu paytda sanoat va aholi gaz va elektroenergiya iste’molida katta muammolarga duch keladi”, - deb hisoblamoqda jurnalist.
Uning fikricha, “Amerikaning nog‘orasiga o‘ynash” Yevropa mamlakatlarining milliy manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi, Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash esa YeIga teskari ta’sir ko‘rsatdi. Energetika inqirozi Yevropada sanoat raqobatbardoshligi tushishi, ishlab chiqarishning kamayishi, yuqori inflyatsiya va iqtisodiyotning sezilarli sekinlashishiga olib keldi.
“Natijada blok AQShdan suyultirilgan gazni ichki narxdan to‘rt baravar qimmatga sotib olishga majbur bo‘lmoqda va buni “o‘z joniga qasd qilish harakati” sifatida baholash mumkin”, - deb yozadi maqola muallifi.
Buning fonida ko‘p mamlakatlarning “o‘zini qurbon qilishni istamasligi” sabab Yevropada tarqoqlik kuchaymoqda. Yevropaliklar orasida “Ukrainadan charchash” tuyg‘usi ortib bormoqda, deb ta’kidlaydi sharhlovchi.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasini boshlagandan buyon G‘arb mamlakatlari Moskvaga sanksiyaviy bosimlarni kuchaytirdi. Biroq bu AQSh va Amerikaning o‘zida narxlarning keskin o‘sishi va rekord inflyatsiyaga olib keldi. Prezident Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish -G‘arbning uzoq o‘ylangan strategiyasi, biroq sanksiyalar hajon iqtisodiyotiga jiddiy zarba bo‘ldi. Uning aytishicha, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi- millionlab insonlarning hayotini qiyinlashtirish.
Yangiliklar lentasi
0