Yevropa Ukrainadan charchadi - yapon siyosatchisi

© © AP Photo / Virginia MayoFlag s simvolikoy Yevrosoyuza v Brussele
Flag s simvolikoy Yevrosoyuza v Brussele  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Yapon siyosatchisi Masudzoening aytishicha, sovuq mavsumlar tushishi bilan yevropaliklar Ukraina mavsusidan charchashadi
TOShKENT, 25 okt, Sputnik - Qish mavsumi tushishi bilan yevropaliklar Ukraina mavzusidan charchaydi, deydi yapon siyosatchisi, "Yaponiya islohotlar partiyasi" yetakchisi Yeiti Masudzoe JB Press nashriga yozgan maqolasida.
Ayni paytda Ukraina uchun asosiy "qutqaruv kamari" bu G‘arbning yordami, biroq bu yordam cheksiz davom etmaydi, deydi siyosatchi. Ukrainani qurollar bilan qo‘llab-quvvatlash cheksiz davom etmaydi. Ukrainani qurollar bilan ta’minlash G‘arb mamlakatlari aholisi to‘laydigan soliq evaziga amalga oshiriladi. Yevropa Ukrainadan charchagani sezilmoqda, deb yozadi Masudzoe.
"Ukrainadan charchash "fenomeni" , masalan, 25-sentabrda Italiya umumiy saylovlarda o‘ng koalitsiya g‘alaba qozonishi uchun asosiy sabab bo‘ldi. Yordam haqida yanada ko‘proq so‘rayotgan Ukrainaga nisbatan antipatiya ortib bormoqda. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban YeI da Rossiyaga sanksiyalar qo‘llashga qarshi chiqdi. Shvetsiyada ham o‘ng koalitsiya 11-sentabr kuni g‘alaba qozondi", - deya ta’kidlaydi u.
Hozir Yevropada sovuq tushmoqda, qish yaqinlashmoqda, bu esa ehtimol Yevropani Ukrainadan yanada charchatadi. Bunda Rossiya uning fikricha, yevropaliklarning turmushini murakkablashtiradigan "general Ayoz bobo"dan umid qilmoqda.
"Ukraina mojarosi va uning ortidan kelgan iqtisodiy sanksiyalar Yevropaning asosiy energetika siyosatini larzaga keltirdi. Yevropada quyi qatlamda Ukrainaga nisbatan antipatiya kuchaymoqda" , - deb yozadi siyosatchi.
24 fevraldan buyon Rossiya Ukrainada demilitarizatsiya va denatsifikatsiya maqsadida harbiy operatsiya olib bormoqda. Buning fonida G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘lladi va bu Yevropa mamlakatlarida energomanbalarning keskin oshishi hamda rekord darajadagi inflyatsiyaga olib keldi. Yoqilg‘i, birinchi navbatda, gaz narxining ko‘tarilishi fonida Yevropada sanoat o‘zining raqobatdosh ustunliklarini sezilarli darajada yo‘qotdi, bu esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ham ta’sir qildi.
Yangiliklar lentasi
0