“Chirchiq” texnoparki haqida asosiy faktlar

Obuna bo‘lish
O‘tgan yili Chirchiq shahrida "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimi o‘tkazilgandi.
Mazkur texnoparkning umumiy maydoni 31,2 gektar. Birinchi bosqichda 14 ta korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Bu yerda 100 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Texnopark to‘liq ishga tushishi natijasida 2 mingdan ziyod yangi ish o‘rni tashkil etiladi va yiliga 15 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi.
Texnopark hududida alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi. Qonunda belgilangan soliq imtiyozlari, shuningdek, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar Texnopark ishtirokchilari, Direksiya va boshqaruv kompaniyasi tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan qat’i nazar 10-yil muddatga beriladi.
Texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlari biri yuqori qiymatga ega bo‘lgan, tashqi bozorda xaridorgir va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish, xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini ta’minlashga qaratilgan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish.
Yangiliklar lentasi
0