Pokiston Rossiyadan yoqilg‘i sotib olishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Ivan Rudnev / Mediabankka o‘tishGazokompressornaya stansiya «Nesvijskaya” v Belorussii
Gazokompressornaya stansiya «Nesvijskaya” v Belorussii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Pokiston moliya vaziri Pokiston Rossiyadan yoqilg‘ini qo‘shni Hindistonga yetkazib berilayotgan stavkada sotib olishga tayyorligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Pokiston moliya vaziri Isxak Dar Pokiston Rossiya yoqilg‘isini Hindistonga yetkazib beriladigan narxda sotib olishga tayyorligini aytdi. Bu haqda mamlakatning News nashri yozmoqda.

“AQShda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Pokiston moliya vaziri Isxak Dar Pokiston Rossiyadan yoqilg‘ini qo‘shni Hindistonga yetkazib berilayotgan stavkada sotib olishga tayyorligini aytdi”, - deyiladi nashrda.

Ta’kidlanishicha, vazir Pokistonda yaqinda sodir bo‘lgan misli ko‘rilmagan suv toshqinlari sabab bo‘lgan moliyaviy qiyinchiliklar tufayli G‘arbning chegirmali yoqilg‘i importiga e’tirozlari bo‘lmasligiga umid bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0