Doimiy aholi soni eng ko‘p hududlar ma’lum qilindi
© SputnikV Tashkente proshel festival xan-atlasa
© Sputnik
Obuna bo‘lish
1 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan hudud Namangan shahri hisoblanadi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. 2022 yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,8 mln kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 61,1 ming kishiga ko‘paygan. 2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda.
2022 yilning 1-oktabr holatiga respublikadagi tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:
Namangan shahri – 673,8 ming kishi;
Samarqand shahri – 570,4 ming kishi;
Urgut tumani – 541,7 ming kishi;
Andijon shahri – 465,7 ming kishi;
Denov tumani – 407,1 ming kishi;
Olmazor tumani – 392,4 ming kishi;
Pastdarg‘om tumani 372,9 ming kishi;
Yunusobod tumani – 364,8 ming kishi;
Shayhontohur tumani – 358,9 ming kishi;
Asaka tumani – 345,5 ming kishi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda, tug‘ilish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.