Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Boshqirdistonda uchinchi ko‘ngilli batalon tuziladi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishSoldati NATO
Soldati NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
Boshqirdistonda Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasida ishtirok etish uchun uchinchi ko‘ngilli batalon tuziladi.
TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etish istagini bildirgan 900 dan ortiq kishi Boshqirdistonda tuzilayotgan Salavat Yulayev ko‘ngillilar bataloniga murojaat qildi. Bu haqda batalon tashkilotchisi, jangovar faxriy Artur Yumagujin RIA Novostiga ma’lum qildi.
“O‘rtoqlarim bilan Salavat Yulayev nomidagi ko‘ngillilar batalonini tuzishga qaror qildik. Batalonga qo‘shilish istagi bilan bizga allaqachon 900 dan ortiq kishi murojaat qilgan”, - deydi Yumagujin.
“Albatta, biz hammani olmaymiz, biz uchun yigitlarning yaxshi ma’naviy-axloqiy fazilatlari, sport hamda jangovar tayyorgarligi muhim. Ba’zan yoshi ulug‘lar ham batalonga qo‘shilishni istaydi, biz ularga ololmasligimizni tushuntirishga harakat qilamiz: hatto ularda tajriba va kuchli istak bo‘lsa ham”, - deya qo‘shimcha qildi faxriy.
Uning ta’kidlashicha, tadbirkorlar ular bilan bog‘lanib, moddiy yordam taklif qilishmoqda.
“Biz mablag‘ to‘plash uchun hisob ochishga qaror qildik. Ufada bizga keksa buvi kelib, harbiylar uchun trikotaj jun paypoq olib keldi. U hali ham to‘qishini aytdi”, - dedi Yumagujin.
Salavat Yulayev — boshqird xalq qahramoni va shoir-hikoyachisi. U 1773-1775 yillardagi dehqonlar urushi qatnashchisi, Yemelyan Ivanovich Pugachovning safdoshi.
Avvalroq Boshqirdistonda veteran tashkilotlari general Minigali Shaymuratov va Rossiya Qahramoni Aleksandr Dostavalov nomidagi ikkita ko‘ngilli batalonni tuzgan edi, ular hozirda maxsus operatsiyada ishtirok etmoqda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0