https://oz.sputniknews.uz/20221010/jizzaxda-qozon-federal-universiteti-filiali-ochildi---video-28996716.html
Jizzaxda Qozon federal universiteti filiali ochildi - video
Jizzaxda Qozon federal universiteti filiali ochildi - video
Sputnik O‘zbekiston
Qozon federal universitetining (QFU) Jizzax filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 10.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-10T13:29+0500
2022-10-10T13:29+0500
2022-10-10T13:58+0500
jamiyat
jizzax
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0a/28995448_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_b65f3155b9a01c1a2d6e30871fa5f5c6.jpg
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Jizzax shahrida Qozon federal universitetining (QFU) Jizzax filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Tatariston rahbari Rustam Minnixanov, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev va O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Ma’lum qilinishicha, bu QFUning xorijda ochilgan birinchi filiali bo‘ladi.Rustam Minnixanov bu filialning ochilishi O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashini ta’kidladi.“Filial aynan O‘zbekistonda ochilayotgani razmiy ma’noga ega: Tatariston va O‘zbekistonni so‘nggi yillarda barqaror mustahkamlanayotgan ko‘p yillik sermahsul an’analar bog‘lab turadi. Xalqlarimizni o‘xshash til, madaniyat, urf-odatlar, yagona din birlashtirib turibdi”, - dedi Tatariston rahbari.O‘z navbatida, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev filialni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlagani uchun Minnixanovga minnatdorchilik bildirdi.“Yangi filial (QFU filiali – tahr.) puxta ilmga ega bo‘ladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘z eshiklarini ochmoqda. QFUdunyodagi eng yaxshi oliygohlardan biri sanaladi”, - dedi Soliyev.Shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov filial O‘zbekiston va Rossiya ta’lim tizimlarining muvaffaqiyatli integratsiyasi natijasi bo‘lganini qayd etdi.Yangi filialda o‘qish jarayoni 31-oktabr kuni boshlanadi. 300 nafar talaba birinchi kursda, 59 nafar talaba esa ikkinchi kursda o‘qishni boshlaydi.Talabdan kelib chiqib mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalishlar ro‘yxati shakllantirilgan. Xususan, mashinasozlik, geologiya, iqtisodiyot, menejment, lingvistika, jurnalistika, axborot tizimlari va texnologiyalari, dasturiy injiniring yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanadi.Qayd etish joizki, hozir Qozon federal universitetida 10 ming xorijlik talaba tahsil oladi, shulardan 25 foizi O‘zbekistondan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0a/28995448_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_636c259e5dd068e17747ebf4d10d0b86.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jizzax
Jizzaxda Qozon federal universiteti filiali ochildi - video
13:29 10.10.2022 (yangilandi: 13:58 10.10.2022) Qozon federal universitetining (QFU) Jizzax filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Jizzax shahrida Qozon federal universitetining (QFU) Jizzax filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Tatariston rahbari Rustam Minnixanov, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev va O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda
Sputnik muxbiri.
Ma’lum qilinishicha, bu QFUning xorijda ochilgan birinchi filiali bo‘ladi.
Rustam Minnixanov bu filialning ochilishi O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashini ta’kidladi.
“Filial aynan O‘zbekistonda ochilayotgani razmiy ma’noga ega: Tatariston va O‘zbekistonni so‘nggi yillarda barqaror mustahkamlanayotgan ko‘p yillik sermahsul an’analar bog‘lab turadi. Xalqlarimizni o‘xshash til, madaniyat, urf-odatlar, yagona din birlashtirib turibdi”, - dedi Tatariston rahbari.
O‘z navbatida, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev filialni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlagani uchun Minnixanovga minnatdorchilik bildirdi.
“Yangi filial (QFU filiali – tahr.) puxta ilmga ega bo‘ladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘z eshiklarini ochmoqda. QFUdunyodagi eng yaxshi oliygohlardan biri sanaladi”, - dedi Soliyev.
Shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov filial O‘zbekiston va Rossiya ta’lim tizimlarining muvaffaqiyatli integratsiyasi natijasi bo‘lganini qayd etdi.
Yangi filialda o‘qish jarayoni 31-oktabr kuni boshlanadi. 300 nafar talaba birinchi kursda, 59 nafar talaba esa ikkinchi kursda o‘qishni boshlaydi.
Talabdan kelib chiqib mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalishlar ro‘yxati shakllantirilgan. Xususan, mashinasozlik, geologiya, iqtisodiyot, menejment, lingvistika, jurnalistika, axborot tizimlari va texnologiyalari, dasturiy injiniring yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanadi.
Qayd etish joizki, hozir Qozon federal universitetida 10 ming xorijlik talaba tahsil oladi, shulardan 25 foizi O‘zbekistondan.